Mahmud As’ad Jo’shon haqiqiy sevgi
Download 69.99 Kb.
|
Naqshbandiya tariqati qadimgi Turon
MUSULMON MUHABBATI
«Odamning birodariga boqmog‘i» – o‘z aka yoki ukasiga emas, musulmon birodariga qaramog‘i deganidir. Shu hol ayollarga ham tegishli. Xo‘sh, qanday boqish ekan? «‘ala shavqin» – shavq tuyib, ishtiyoq tuyib, havas bilan, mehr-muhabbat bilan boqish demakdir. Shunday tuyg‘ular bilan bir marta boqmog‘i, deydilar hazrati Payg‘ambarimiz,«Mening shu masjidimda bir yil e’tikofda bo‘lmoqdan ko‘ra yaxshiroqdir». «Mening shu masjidimda» deyishlariga ko‘ra, Payg‘ambar janobimizning masjidlarida e’tikof o‘tirmoq mavzuyi o‘rtaga chiqadi. E’tikofni ayrimlar bilmasligi mumkin… E’tikof – kishining uyga bormasdan, yotib qolib, ibodat qilmoq niyati bilan biror jome’da iqomat etmog‘idir. Buni Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida ado etgaymiz, Payg‘ambar janobimiz ham shunday qilganlar, deb. E’tikof sunnati kifoyadir, ammo kuchli bir sunnatdir (sunnati mu’akkadadir). Albatta, jum’a namozi o‘qiladigan biror masjidda e’tikof o‘tirmoq xiyla yaxshiroq. Chunki jum’a namozi vaqti kelganida bu masjidni tark etib, boshqa jomega namoz o‘qishga borishga to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘ra, jum’a namozi o‘qiladigan biror masjidda e’tikof o‘tirmoq afzalroq. Masalan, Iskandarposho jomesida e’tikof qilishni o‘ylasak bo‘ladi. Savob. Chunki, odam uyiga bormaydi, kechayu kunduzi toat-ibodat bilan, Qur’on va zikr bilan kechadi. Ajoyib, ammo Payg‘ambar janobimizning masjidlarida e’tikof o‘tirsa yanada go‘zalroqdir. Qay darajada ajoyib? Buni shundan bilamizki, bir kishi oddiy bir masjidda namoz o‘qiganda bir mukofot – bir savob olsa, Payg‘ambar janobimizning masjidida namoz o‘qiganda ming barobar ko‘p savobga ega bo‘ladi. Faqat Masjidi Harom, ya’ni Ka’bada yuz ming barobar savob bor. Payg‘ambar janobimizning masjidida – 1000, Quddusdagi Masjidi Aqsoda 500 barobar savob bor. Shuning uchun qilingan e’tikoflarning boshqa oddiy masjidlarda qilingan e’tikoflardan ko‘ra savobliroq ekanini namozlar savobining farqlaridan anglab olamiz. Albatta, e’tikofni ramazon oyining oxirgi o‘n kunida sunnat deb ado etamiz. Bir oyga cho‘zsak, ziyoda bir muddat bo‘lgay, qirq kun cho‘zsak, xilvat bo‘lgay – chilla bo‘lgay. Yana ajoyibroq bo‘lgay! Shu kunlarda yodimizga kelgan, jome’da ham, turli majlislarda ham aytganimiz sahih bir hadisi sharif bor: «Nafsim (jonim, ruhim) qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamyod qilurmanki, jannatga kira olmaysiz, toki mo‘‘min bo‘lmaguncha!» Birinchi bosqich, birinchi jumla shu. Ikkinchi bosqich esa bu: «Mo‘min bo‘la olmaysiz, toki bir-birlaringizni sevmaguncha (yaxshi ko‘rmaguncha)!» Demakki, chin musulmon bo‘lmoq uchun bir-birimizni sevmoqqa, yaxshi ko‘rmoqqa majburmiz. Jannatga kirmoq uchun esa chin musulmon bo‘lmoqqa majburmiz. Demakki, bir-birimizni sevmaguncha, jannatga kirmoq imkonimiz oz bo‘lgay, qiyinlashgay. Shuning uchun bu hadisi sharifni har joyda aytamiz. Chunki atrofimizdagi voqea-hodisalar diqqatimizni tortadi. Dunyoda buyuk o‘zgarishlar bor. Ruslar istibdodi ostidagi o‘lkalarda bir ozodlik sodir bo‘ldi. Turk-musulmon diyorlari qisman ozodlikka erishdi. U yoqlarga borib kelish boshlandi. Sayohat imkonlarimiz ochildi. Bu imkonlar tufayli musulmonlarning qardoshlik-birodarligini, birligi va birdamligini ko‘proq o‘ylaydigan bo‘ldik. Bir-birimizni yanada yaxshiroq tushunmog‘imiz lozimligini so‘zlamoqqa zo‘r ehtiyoj bor, buni teranroq his eta boshladik. Shuning uchun biz gapirmoqdamiz. Bu hadisi sharif masalani boshqa bir tomondan mustahkamlaydi. Bir musulmonning boshqa bir musulmon yuziga shavq bilan, ishtiyoq bilan nazar qilmog‘i, mehr-muhabbat bilan boqmog‘i Payg‘ambar janobimizning masjidlarida bir yil uyga bormasdan, kecha-kunduz o‘sha yerda yotib, toat-ibodat qilib, Qur’on o‘qib, zikr qilib yashamog‘idan savobliroq, xayrliroq ekan! Download 69.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling