Mahmud As’ad Jo’shon haqiqiy sevgi
INSONLARNI NECHUN SEVAMIZ?
Download 69.99 Kb.
|
Naqshbandiya tariqati qadimgi Turon
INSONLARNI NECHUN SEVAMIZ?
Insonlar Hazrati Odam alayhissalomdan tarqalgan birodarlarimiz bo‘lgani uchun ularni sevamiz. Hammani yaxshi ko‘ramiz… «Bu ham mening Odam odamalayhissalom Otamdan tarqalgan bir avlod», deb sevamiz. Shu sababdan ularning to‘g‘ri yo‘lga kelishini xohlaymiz. Kufrda qolmasligini istaymiz. Nafsiga qul bo‘lmasligini istaymiz… Shuning uchun, kechiruvchan bo‘lib, muhabbat bilan, sabr bilan insonlarga xizmat qilamiz: hech bir insonni ayirmaymiz, hech bir millatni ayirmaymiz, hech bir suhbatdoshni past ko‘rmaymiz… Qarabsizki, bir g‘ayri muslim musulmon bo‘libdi! Avstraliyada, menga ixvon (do‘st, og‘ayni) bo‘lmoq niyatida bir rum oldimizga keldi. Zikr vazifasini olib, tariqatga kirdi, alhamdulilloh, ko‘pgina birodarlarimizdan ko‘ra yaxshiroq ishlar qildi… Braziliyalik birovi kelib, intisob etdi… Armani musulmon bo‘lishi mumkin, bulg‘or musulmon bo‘lishi mumkin. Tag‘in boshqa birovi musulmon bo‘lishi mumkin. Musulmon bo‘lishi uchun ham urinmog‘imiz shart. Chunki uning boshqa bir yo‘li yo‘q… Ingliz musulmon bo‘lgay, mutasavvif bo‘lgay. Olmon musulmon bo‘lgay. Bunga misollar ko‘p. Shuning uchun bizning usulimiz juda keng bir usul. Bir-birlarimizga birodar, qarindosh bo‘lishimiz kerak edi. Buni hatlab, buni chetlab o‘tyapmiz. Tariqat ahli, ahli dil bo‘lganimiz uchun, ahli qalb bo‘lganimiz uchun muhabbatli bo‘lmog‘imiz kerak edi, buni ham chetlab o‘tayapmiz, eplamayapmiz, o‘rniga qo‘ya olmayapmiz. Ketyapmiz xuddi Allohning sevmagan bandalaridek, turli yomon fe’l- harakatlarning rosa girdobiga tushyapmiz! Ular qiladigan chirkin ishlarni qilyapmiz. Qilmasligimiz kerak edi… Bizdan muhabbatli bir jamoaning tashkil topishi, maydonga kelishi kerak edi. Bu shunday bir muhabbatli jamoa bo‘lgayki, unda Islomga xizmat qiladigan xodimlar bo‘lgay. Islomga xizmat qiladigan shaxslar orasida muhabbat bo‘lmasa, bular Islomning xizmatini qanday bajaradi? Oralarida mehr-muhabbat bo‘lmagan insonlar Islomga qanday xizmat qiladi? Qila olmaydilar, qila olmagaymiz! Ammo bu muhim, asos masaladir. Biz bu muhabbat poydevorining ustiga juda yuksak binolar qura olamiz. Buni chindan-haqiqatan ta’minlay olsak, bir-birimizni samimiy, haqiqatan sevsak, bir- birlarimizga chindan, haqiqatan fidoiylik qila olsak, muvaffaqiyat qozongaymiz. Download 69.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling