Махсус фан дасутри олиго йунал
Mustaqil ta’limniva mustaqil ishlarni
Download 364.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Логопедик уйин
Mustaqil ta’limniva mustaqil ishlarni Talaba mustaqil ta’limning asosiy maqsadi – o’qituvchining rahbarligi va nazorat ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat. yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish; kerakli ma`lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash; axborot manbalarni va manzillaridan samarali foydalanish; an`anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar bilan ishlash; Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish; berilgan topshiriqning ratsional echimini belgilash; ma`lumotlar bazasini tahlil etish; topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish; ishlab chiqish yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish. Mustaqil ta`lim talabalarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko’nikmalarini egallashlari uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, kadrlar tayyorlashning hozirgi sifat bosqichida mustaqil ta`limga alohida e`tibor qaratilib, o’quv jarayonining ajralmas qismi sifatida muayyan soatlar ajratilgan. Mustaqil ta`limda ko’zda tutilgan asosiy maqsad talabalarni yangicha fikrlash va mushohada qilishga o’rgatish, nazariy va amaliy bilimlarini mukammallashtirish uchun to’liq, imkoniyatlar yaratishga qaratilgan, o’qituvchi dars jarayonida talabalarning har biriga fanga doir zamonaviy mavzularni mustaqil ishlashlari uchun topshiradi. Talabalar o’zlariga biriktirilgan mavzularni referat, ma`ruza shaklida tayyorlab, seminar-amaliyot darslarida ma`ruza qilib, keng doirada muhokama qilishadi. Talabalar ba`zi bir mavzular boyicha adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilib, dars jarayonida o’rganib chiqadilar. Mustaqil ta`limning qisqacha mazmuni berilgandan so’ng, namunaviy mavzulari beriladi. Mustaqil ta`limning namunaviy mavzulari talabalar mustaqil o’rganadigan ma`ruza va amaliy mashg’ulotlardan beriladi. Mustaqil ta`limning namunaviy mavzulari talabalarning fan boyicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishga, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning tahminiy mavzulari: Maxsus bolalar bog’chasiga borganda logopedning hujjatlari bilan yaqindan tanishing. Hujjatlar royxatini daftaringizga yozib oling. Bolaning har tomonlama rivojlanishida oyinning ahamiyatini yoritib bering. Oyin turlarini yoritib bering. Logopedik oyinlarni o’tkazishda harakatli oyinlarning ahamiyatini ko’rsating. 6 Logopedik oyinlarni o’tkazishda syujetli-rolli oyinlarning ahamiyati. Logopedik oyinlarni o’tkazishda didaktik oyinlarning ahamiyati. Milliy oyinlarga tasnif bering. Logopedik oyinlarni o’tkazishda qo’llaniladigan metodlarni ta`riflab bering. Logopedik oyinlarning korrektsion ahamiyatini ochib bering. Tayyorlov oyinlarini bola ruhiyatining rivojlanshidagi roli. Duduqlanish va uni bartaraf etishda o‘yinlarning axamiyatini yoriting. Nutqning rivojlanishida barmoqlar xarakatchanligining axamiyati. 1. Nurkeldiyeva D.A., Ayupova M.Y., Ahmedova Z.M. Barmoqlar mashqi va logopedik o‘yinlar. - T.: Yangi asr avlodi, 2007 y. 2. Волкова Г.А. Логопедическая ритмика. - М.: Просвещение, 1985. 3. Ayupova M.Y. Logopediya - Т.: O‘zbekiston faylasuflar мilliy jamiyati, 2007 4. Дякова Е.А Логопедический массаж. – М.: Академия, 2003 5. Nurkeldiyeva D.A., Ayupova M.Y., Ahmedova Z.M. Barmoqlar mashqi va logopedik o‘yinlar. - T.: Yangi asr avlodi, 2007 6. Axmedova Z., M.Ayupova, M.Xamidova. Logopedik o‘yin, - T.: Файласуфлар, 201 Download 364.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling