Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Document
Astenik holat (jismoniy zaiflik)
Tinka-madorini qurutuvchi jismoniy (somatik) kasallikdan kelib chiquvchi asab faoliyatining funksional dinamik buzilishidan ushbu holat yuzaga keladi. Ba’zida, neyroinfeksiv ta’siridan, bosh miya jarohatlanishidan (serebroasteniya) ham bo‘lishi mumkin. Oilada notinchlik, janjalkashlik, to‘s-to‘palon bo‘lib turadigan bolalarda ham shu holat yuzaga kelishi mumkin. Asab sistemasining quvvatsizlanishidan ham vaqtinchalik psixik faollikni susayadi, ayniqsa eshitish yoki nutq qobiliyati nuqsonli bo‘lgan bolalarda bu holat ko‘proq uchraydi. Tez charchab qolish, biron bir faoliyat bilan band bo‘lganda tinka—madori qurishi ana shu holatga xosdir. Astenik bolalar tez jahli chiqadigan va ta’surotli bo‘ladilar. G.E.Suxaryova ma’lumotiga ko‘ra, ularning o‘zlashtirishi aql-idroki darajasiga nisbatan pastroq. Ko‘pchilik bolalar sezgir, ko‘ngilchang bo‘lib, o‘qituvchilar yoki ota-onasini tanbehidan tez hafa bo’lib qoladi. Xotirasi pasayib, fikrlash ham sekinlashadi. Injiqlik, harxasha qilishiik, yig‘loqilik, tez xafa boiish (o'pkalash) kabi xislatlar astenik holatning har turli ko'rinishida uchrashi mumkin. Lekin, ko‘p hollarda o‘zini tutaolishi, vaziyatga to‘g‘ri baxo berishi ma’lum darajada kasallikni kelib chiqish darajasiga ham bog‘liq. Masalan, markaziy asab sistemasi jarohatlangan bolalarda kuchli hayajonlanish, af'fekt holiga tushish, xotirani bir muncha pasayishi kabi holatlar uchraydi. Ba’zida o‘zlashtirishga bo‘lgan qobiliyati pasayishi mumkin va kcrpincha boshi og‘rishdan nolib yuradilar. Tinka-madori qurigan astenik bolalarda tez-tez charchab qolishi sababli dars davomida uxlab qolishlik, dars mavzusiga unchalik qiziqmaslik, diqqatni bir yerga to‘play olmaslik hollari uchrab turadi. Nutqi buzilgan, qulog‘i og‘ir bo'lgan astenik holatdagi bolalar darsda o‘qituvchi berayotgan ma’Iumotlarni to' la eshitaolmaydi, eshitgan taqdirda ham chala eshitib, o‘zlashtirilayotgan mavzudan to‘la-to‘kis inshaklsiya ololmaydi. Shu sababli o‘qituvchi savoliga tavakkal javob beradi (xox to‘g‘ri bo‘lsin, xox noto‘g‘ri bo‘lsin). Bu holat sinfdagi bolalarda ko‘lgi ko'tarilishi, o‘qituvchini esa jahlini chiqarishi mumkin. Bolalarni maktabga qabul qilishayotganda bunday nuqsonlarga ahamiyat berilmaydi, ota-onalar esa bu kamchiliklarn (qulog‘i og‘irlikni) berkitadilar. o’qituvchidan doim tanbeh olishi, sinfdoshlarining kalakasi, ba’zi hollarda laqab orttirishi kabi kamsitilishi qulog‘i og‘ir bolalarda maktabga nisbatan ishtiyoqini yo‘qotadi. Ayni shu davrda bolalarning xarakteri keskin o‘zgara boshlaydi va ko‘pchilikdan ajralib, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi. Maktabga borgisi kelmaydi. Albatta, bunday holatni oldini olish mumkin va hatto lozim ham. Maktabga qabul qilinayotgandayoq qulog‘i og‘ir ekanligini hisobga olib birinchi partaga o‘tkazish, o‘nga balandroq ovozda muomala qilish, sinfdoshlariga esa, qulog‘i og‘ir bolalar bilan qanday muomala qilish zarurligini tushuntirish pedagoglar zimmasiga yuklatilishi lozim. Muammo bu usulda xal bo‘lishi pedagoglarni xurmatini yanada oshiradi. Astenik holatning zo‘rayishi ko'p hollarda maktabga nutqi buziq bolalar qabul qilinganda yuzaga keladi (ayniqsa duduq bolalarda). Pedagoglar bunday bolalarni darhol logopedga murojaat etishlari lozim. Psixo-fizik infantalizm Psixo-fizik infantalizm har turli infeksiya, intoksikasiyalarni yosh organizmga patologik ta’siri tufayli g‘ayritabiiy (anomal) rivojlanishidir. Bu kasallikka uchragan bolalar jismoniy rivoji o‘z tengdoshlariga nisbatan nacha sust bo‘ladi. Odatda bunday bolalar o‘z tengdoshlaridan bir muncha yoshroq ko‘rinadi. Xuddi shunga o‘xshab uning psixikasi ham bolalik davrdagiga o‘xshash bo‘ladi. Maktabdoshlariga nisbatan bog‘cha bolalaridek xislatlarga ega bo‘ladi. Maktab intizomiga bo‘ysunmaydigan, dars paytida ovqat yeb o‘tirish, kichik bolalardek yig‘lab yuborishi, onasini darrov sog‘inishi kabi alomatlari bo‘ladi. Ular aksariyat hollarda kaltafaxm, beparvo, yuzaki fikrlaydigan, tez jahli chiqadigan injiqlikka moyil va yig‘loqi bo‘ladilar. Bunday bolalar aqliy faoliyatdan juda tez toliqadilar. Idroki yetarli darajada bo‘lsa ham, ba’zi hollarda biroz susaygandek tuyuladi. Shaxsning to‘la-to‘kis rivojlanmagani aniq ko‘rinadi. Ba’zi hollarda bolalar infantalizmi ularning psixik rivojidagina bilinadi. Bu kasallikni rivojlanishi dinamikasi ham har turlidir. M.S.Pevzner, I.A.Yurxova, M.G.Reydiboymlar psixik infantalizmga uchragan bolalarni ikki gruppaga ajratadilar, ya’ni psixik rivoji sust bolalarni tezda davolab tuzatish mumkin bo‘ladigan guruhi va sustlashgan psixik rivoji murakkab bo‘lgan bolalar guruhi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling