Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1028892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bxarajatlar hisobining maqsadi vazifalari va tamoyillari

 
3. 
Xarajatlar hisobi
Ushbu bo’limni “ishlab chiqarish xarajatlari”, yoxud “mahsulot tannarxi” 
tushunchalariga ta’rif berishdan boshlasak, turli adabiyotlarda bu ikki tushunchaga 
bir-biriga mazmunan juda yaqin bo’lgan ta’riflar berilgan, masalan: 

Mahsulot tannarxi ushbu mahsulot qiymatining pul shaklidagi qismi bo’lib, 
moddiy, mehnat va boshqa sarf-xarajatlardan iborat bo’ladi
10
; 

Ishlab chiqarish xarajatlari – bevosita mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) ishlab 
chiqarishga ketgan, shuningdek ularning tannarxini tashkil etuvchi 
xarajatlardir. Tannarx - mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarishga ketgan 
barcha xarajatlarning pulda ifodalangan majmuasi
11
. 

Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish 
texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi
12

O’ylaymizki, yuqorida keltirilgan ta’riflarning har biri ishlab chiqarish 
xarajatlari, mahsulot tannarxi tushunchalarini to’liq yoritib bera olgan, shunday 
bo’lsada, biz quyidagi ta’rifni tavsiya qilgan bo’lar edik: 
Ishlab chiqarish xarajatlari – bu shunday xarajatlarki, uning pirovardida 
(natijasida) aniq bir mahsulot (ish, xizmat) lar yaratiladi. 
Bozor munosabatlari sharoitida, ya’ni raqobat sharoitida, qolaversa hozirgi 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan 
xarajatlarning ahamiyati ortib boradi, chunki mahsulot narxining asosini mahsulot 
tannarxi tashkil qiladi, raqobat shaoitida esa narx bu bir dastakki, qaysiki shu 
dastak bilan raqobatchilar ichida g’olib bo’lishga yordam beradigan. Bu kabi 
misollarni yana ko’plab keltirish mumkin, shunday ekan ishlab chiqarish 
tannarxiga kiradigan xarajatlarni doimiy nazorat qilib borish lozim. 
10
F.G’.G’ulomova. Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma. T.: “NORMA”, 2009. 343-bet. 
11
K.B.Urozov. buxgalteriya hisobi va audit. T.: “O’qituvchi”, 2004. 146-bet.
12
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish to’g’risida Nizom”, 1-qismi.


Sanoat korxonalarida “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomga muvofiq 
ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi (
6-
chizma
). Ushbu Nizom amaldagi qonun qoidalar hisobga olingan holda xo’jalik 
yurituvchi subyektlarning ishlab chiqargan mahsuloti tannarxiga qo’shiladigan 
xarajatlarning bir xilligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Nizom
buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish maqsadlari uchun xarajatlarni 
6-chizma: Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan xarajatlarning iqtisodiy 
mohiyatiga ko’ra tasniflanishi 
hisoblash o’rtasidagi farqni hisobga oladi. Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya 
foydasidan farq qiladi, korxona xarajatlarining bir qismi amaldagi soliq siyosatiga 
ko’ra soliq bazasidan chegirilmaydi. Shu narsani ta’kidlash joizki, buxgalteriya 
hisobi tamoyillari xarajatlarning hisobotlarda aks ettirilishini soliqqa tortish 
qoidalari bilan bog’lamaydi. 
21-sonli BHMSga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2010 
“Asosiy ishlab chiqarish” schotida olib boriladi. Ushbu schot aktiv, doimiy schot 
bo’lib, ko’payishi va qoldig’i debet tomonida, kamayishi kredit tomonida, qoldig’i 
ma’lum bir sanaga tugallanmagan ishlab chiqarishning puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarish 
xarajatlari 
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar
(qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib 
tashlangan holda), Nizomning 1.1-punkti 
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan 
mehnatga haq to’lash xarajatlari, Nizomning
1.2-punkti 
Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy 
sug’urtaga ajratmalar, Nizomning 1.3-punkti 
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga 
ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, 
Nizomning 1.4-punkti 
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar
Nizomning 1.5-punkti 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling