Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Asosiy faoliyatga doir xarajatlar


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1028892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bxarajatlar hisobining maqsadi vazifalari va tamoyillari

Asosiy faoliyatga doir xarajatlar 
Asosiy faoliyatga doir xarajatlar 
Ishlab chiqarish tannarxiga 
kiritiladigan xarajatlar
Davr xarajatlari 
Asosiy bo’lmagan faoliyatga 
doir xarajatlar 
Asosiy faoliyatga doir xarajatlar 
Moliyaviy faoliyatga doir xarajat 
Favqulodda zararlar 


So’zimiz boshida xarajatlar korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining 
asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi degan edik, shunday ekan uni tartibga 
solish, nazorat qilish (buxgalteriya hisobining funksiyalaridan biri aynan shunday 
nomlanadi) uchun foyda solig’ini minimallashtirish nuqtai nazaridan ham 
tasniflash lozim deb o’ylaymiz. Shu o’rinda shuni aytib o’tish joizki, 
mamlakatimizda soliq yuki 2009-yilda 22,6 foizni tashkil qildi, bu 2008-yildagi 
soliq yukiga (23,2 foiz) nisbatan 0,6 foizga kam demakdir. 22,6 foiz soliq 
yukining ta’rifidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, biz yunaltirmoqchi bo’lgan 
sohani, faoliyatni shuncha foizga cheklaydi. Shuning uchun har bir rahbar o’zi 
to’laydigan soliqlarni iloji boricha amaldagi qonunchilik doirasida tartibga solishi, 
minimallashtirishi lozim, bunga biz bo’lajak buxgalterlar ham mas’uldirmiz. 
2.
 Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari 
Xarajatlar hisobining maqsadi xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-
xo’jalik faoliyati davomida yuz bergan xarajatlarni amaldagi qonunchilik 
talablaridan kelib chiqqan holda to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, hamda 
axborot foydalanuvchilariga o’z vaqtida, to’liq hamda aniq axborot yetkazib 
berishdir. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda korxona xarajatlari bo’yicha 
buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

xarajatlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda 
hisobga olish; 

korxona xarajatlarini to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish

korxona xarajatlari harakati to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni 
shakllantirish; 

korxona xarajatlarini to’g’ri, o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan 
rasmiylashtirish; 

korxona xarajatlari bo’yicha hisob ma’lumotlarining va hisobot 
ma’lumotlarining to’liq uyg’unligini ta’minlash; 

kelgusi davr va muddati uzaytirilgan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida sotish 
tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga kiritish; 

tugallanmagan ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlarni to’g’ri va o’z 
vaqtida hisobga olish, ularni belgilangan muddatlarda qayta ro’yxatdan 
o’tkazish (investitsiya qilish) va sotish tannarxiga to’g’ri kiritilishini 
ta’minlash; 

sotish tannarxining, davr xarajatlarining oshib ketishiga sabab bo’luvchi 
noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday 


chiqimlarga yo’l qo’ymaslik uchun mas’ul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat 
qilish; 

mavjud zahiralar va vositalardan unumli foydalanish ustidan nazorat o’rnatish; 

xarajatlarni soliq solish bazasi obyekti sifatida to’g’ri shakllantirish; 

xarajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan 
olish va tegishli schotlarda aks ettirish; 

xarajatlarni moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar. 
Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo’jalik faoliyati davomida 
xarajatlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya 
qilishi ustidan nazorat o’rnatish, xarajatlarga oid salbiy holatlarning oldini olish va 
uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo’jalik imkoniyatlarini 
topishni ta’minlashi zarur. 
Shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi sharoitida buxgalteriya hisobining vazifalariga yana bir necha vazifalar 
qo’shish bizning fikrimizcha to’g’ri bo’ladi, bu vazifalar taxminan quyidagilar: 

korxonaning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturini ishlab 
chiqishga yordam berish; 

ushbu 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozga 
qarshi 
choralar 
dasturi 
va 
prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida 
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida belgilab qo’yilgan 
vazifalarning bajarilishini tahlil qilib borish, monitoringlar o’tkazish va 
hokazolar. 
Ayrim adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir narsani ifodalaydi 
deyilsa, ayrim adabiyotlarda esa bu ikki tushuncha 
turli xil narsa
ni ifodalaydi 
deyiladi. Bizning fikrimizcha ham ikkinchi mulohaza to’g’ri. Chunki fanning 
vazifasi doimiylik xarakteriga ega bo’lmaydi va mavjud holat, talab hamda 
o’rganish obyektidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin, funksiya esa doimiylik 
xarakteriga ega bo’lib, o’zgarmaydi. 
Shundan kelib chiqib, xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining 
vazifalari va funksiyalari ham farq qiladi, ya’ni buxgalteriya hisobining xarajatlar 
hisobi bo’yicha vazifalari yuqoridagilar bo’lsa, funksiyalari quyidagilar 
hisoblanadi (
4-chizma
). 


4-chizma: Korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida yuz beradigan 
xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari 
1. Axborot (boshqaruv tizimini axborot bilan ta’minlash) funksiyasi.Ushbu 
funksiyaning ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa, hozirgi 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharotida yanada ortadi. Buxgalteriya hisobi 
boshqaruvning turli bo’g’inlariga – korxona xizmatlari, uning bo’linmalari 
menejerlariga haqiqiy axborotlarni yetkazib beruvchi muhim manba bo’lib 
hisoblanadi, tegishli axborot foydalanuvchilari esa ushbu axborotlar orqali 
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadilar va qabul qiladilar. Hisob-kitoblarning 
ko’rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy hajmining 70 foizidan oshig’i 
aynan buxgalteriya axborotlari ulushiga to’g’ri kelar ekan
7
. Ushbu axborotlarga 
turli xil talablar qo’yiladi, masalan, axborot to’liq, ishonchli, o’z vaqtida, aniq, 
muhim, bir-biriga zid bo’lmaslik, tushunarli va sodda, tejamli va oqilona 
bo’lishi lozim. 
2. Nazorat funksiyasi – iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va bozor 
munosabatlari, turli mulkchilik munosabatlari sharoitida buxgalteriya 
hisobining nazorat funksiyasi kuchaymoqda. Xarajatlarning hisobi bo’yicha 
buxgalteriya hisobi nazoratining uchta turi amalga oshiriladi: 
1) dastlabki nazorat – xo’jalik muomalasi sodir bo’lgungacha; 
2) joriy nazorat – xo’jalik muomalasini amalga oshirish; 
3) keying nazorat – muomala sodir bo’lganidan so’ngi. 
Xarajatlarni nazorat qilish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: 

mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni 
shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash; 
7
R.D.Do’stmurodov. buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.: “Yangi paligraph servis” – 2007 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling