Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1028892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bxarajatlar hisobining maqsadi vazifalari va tamoyillari

Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq 
bo’lmagan xarajatlar va sarflar: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari 
va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar tushuniladi
13

Davr xarajatlari – “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomga binoan joriy 
etilgan korxonaning xarajatlar hisobi tizimidagi ko’rsatkich. Davr xarajatlari 
toifasiga bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar, 
ya’ni boshqaruv, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik maqsadidagi boshqa xarajatlar, 
shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari 
kiradi. Ushbu xarajatlar korxonaning mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan 
bog’lanmagani, lekin mahsulot (ish, xizmat) sotish bo’yicha asosiy faoliyati bilan 
bog’langanligi uchun ular operatsion xarajatlar, shuningdek umumiy va ma’muriy 
xarajatlar ham deb ataladi. Ular ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulot yoki 
tovarlar hajmiga deyarli bog’liq emas, aksincha xo’jalik faoliyatining davomiylik 
vaqti bilan ko’proq bog’liqdir. Ushbu xarajatlar ular paydo bo’lgan davrda yig’ib 
boriladi va hisobdan chiqariladi
14

Davr xarajatlari ham korxona molyaviy-xo’jalik faoliyatida muhim 
ko’rsatkich hisoblanadi, mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir qilmasada, bilvosita 
ta’sir etadi. Mahsulot narxini belgilashda bu tur xarajatlarga ham e’tibor beriladi, 
korxonaning jami xarajatlari formulasida buni yaqqol ko’rishimiz mumkin: 
y=ax
+

bu yerda: y – korxonaning jami xarajatlari; 
x – ishlab chiqarish hajmi; 
a – bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar; 
b – o’zgarmas xarajatlar. 
O’zgarmas xarajatlar tarkibida davr xarajatlari ham mavjud bo’lib, 
korxonaning shu davrdagi daromadlari y (korxonaning jami xarajatlari) dan ko’p 
bo’lishi lozim. Chunki, davr xarajatlari xarajatlarga berilgan ta’rifga ko’ra (
1.-
bo’limga qaralsin
) iqtisodiy nafni kamaytiradi, ya’ni hisobot davri daromadlaridan 
qoplanadi. 
Davr xarajatlar “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizom va 21-sonli 
BHMS ga muvofiq quyidagi xarajat moddalaridan tashkil topgan

9410 “Sotish xarajatlari”; 
13
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish to’g’risida Nizom”, 2-qismi.
14
F.G’.G’ulomova. Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma. T.: “NORMA”, 2009. 376-bet.



9420 “Ma’muriy xarajatlar”; 

9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”; 

9440 “Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan 
xarajatlari”. 
Sotish xarajatlarining sintetik hisobi 9410 “Sotish xarajatlari” schotida 
yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning 
debetida yil davomida amalga oshirilgan sotishga doir xarajatlar yig’iladi. Ushbu 
schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … 
to’g’risida”gi Nizomning “Sotish xarajatlari” nomli bo’limida to’lig’icha 
keltirilgan, shulardan ayrimlarini keltiradigan bo’lsak, sotish bilan bo’gliq 
mehnatga haq to’lash xarajatlari, ijtimoiy sug’urta xarajatlari, amortizatsiya 
xarajatlari, reklama xarajatlari, o’rash-joylash xarajatlari va boshqalar tashkil 
qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni 
ifodalovchi schotlarning kreditida (5110, 5010, 6710, 6520, 6990 va boshqa 
schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9410- schot shu schotning 
debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” 
schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 
Ma’muriy xarajatlarning sintetik hisobi 9420 “Ma’muriy xarajatlar” schotida 
yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning 
debetida yil davomida amalga oshirilgan korxona boshqaruviga doir xarajatlar 
yig’ib boriladi. Ushbu schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi 
“Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning “Ma’muriy xarajatlar” nomli 
bo’limida to’lig’icha keltirilgan, shulardan ayrimlarini sanaydigan bo’lsak, 
boshqaruvga tegishli bo’lgan mehnat haqi xarajatlari, ijtimoiy sug’urtaga 
ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, har xil xo’jalik boshqaruvi uchun zarur 
bo’lgan inventar va xo’jalik anjomlari uchun ketgan xarajatlar, shuningdek vakillik 
xarajatlari, turli xil xizmatlardan foydalanganlik haqlari va shu kabi boshqa 
xarajatlar tashkil qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu 
xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (0200, 0500, 1000, 5110, 5010, 
6710, 6520, 6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 
9420- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- 
“Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 
Boshqa operatsion xarajatlarning sintetik hisobi 9430 “Boshqa operatsion 
xarajatlar” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) 
schot bo’lib, uning debetida yil davomida sotish va boshqaruvdan tashqari amalga 
oshirilgan umumfaoliyatga doir davr xarajatlari yig’ib boriladi. Ushbu schotga olib 
boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … 


to’g’risida”gi Nizomning “Boshqa operatsion xarajatlar” nomli bo’limida 
to’lig’icha keltirilgan, shulardan, auditorli xizmat haqi, moddiy yordam, mol-mulk, 
yer, suv va boshqa davr xarajatlariga olib boriladigan soliqlar, mulkni sotishdan 
ko’rilgan zararlar, operativ ijaraga berilgan asosiy vositalarning amortizatsiyasi
jarima va penyalar, gudvilni hisobdan chiqarish summasi va shu kabi boshqa 
xarajatlar tashkil qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu 
xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (1000, 5110, 5010, 6400, 6710, 
6520, 6990, 9210, 9220 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) 
oxirida 9430- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 
9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 
Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan 
xarajatlarining sintetik hisobi esa 9440 “Hisobot davrining kelgusida soliq 
solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” schotida yuritiladi, ushbu schot 
aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida 
korxonaning kelgusi faoliaytini rivojlantirishga sarflangan davr xarajatlari aks 
ettiriladi. Ushbu schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi 
“Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning “Hisobat davrining kelgusida soliq 
solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” nomli bo’limi va ushbu Nizomning 
“Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq keyingi 
davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlar (vaqtinchalik 
farqalr)” nomli 2-ilovasida to’lig’icha keltirilgan, shulardan ayrimlarini 
keltiradigan bo’lsak, yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni 
o’zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan, yangi tashkil etilgan 
korxonalarda kadrlar tayyorlash xarajatlari, jadallashtirilgan amortizatsiya 
hisoblash usullari bilan hisoblangan summa bilan belgilangan normalar bo’yicha 
hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq va boshqa shu kabilar tashkil 
qiladi. Ushbu turdagi davr xarajatlari soliq qonunchiligiga ko’ra kelgusi 10 yil 
ichida, biroq xo’jalik yuriruvchi subyekt faoliyati davridan ko’p bo’lmagan davr 
mobaynida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib 
boriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni 
ifodalovchi schotlarning kreditida (0200, 0400, 5110, 5010, 6010, 6710, 6520, 
6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9440- schot shu 
schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy 
moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. Mazkur 
xarajatlarning o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar balansdan tashqari 012 “Hisobat 
davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” schotida 
belgilangan muddat ichida aks ettirib boriladi.


Korxonaning xarajatlari tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari va davr 
xarajatlaridan tashqari, moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar va favqulodda 
zararlar ham kiritiladi. Korxonalar o’zining moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida 
chetdan pul mablag’lari jalb qilishga, chet el valutasi bilan operatsiyalarni amalga 
oshirishga hamda qimmatli qog’ozlar chiqarishga ehtiyoj sezadilar, Shunday 
holatlarda korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlari yuzaga keladi. 
Ushbu tur xarajatlari “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomning “Moliyaviy 
faoliyat bo’yicha xarajatlar” deb nomlanuvchi 3-bo’limida to’liq aks ettirilgan. 21-
son BHMSga binoan korxonaning moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlari tarkibi 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

9610 “Foizlar korinishidagi xarajatlar”; 

9620 “Valuta kurslari farqidan zararlar”; 

9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”; 

9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”. 
Foiz ko’rinishidagi xarajatlar 9610 “Foizlar korinishidagi xarajatlar” 
schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, 
uning debetida yil davomida amalga oshirilgan olingan qarzlar va kreditlariga doir 
hisoblangan xarajatlar (foizlar) shuningdek uzoq muddatli ijara uchun foizlar 
yig’iladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va 6920 
“Hisoblangan foizlar” schotining kreditida aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 
9610- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- 
“Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 
Valuta kurslari farqidan zararlar 9620 “Valuta kurslari farqidan zararlar” 
schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, 
uning debetida yil davomida balansning valuta moddalarini ifodalovchi schotlarga 
doir operatsiyalar bo’yicha kurslar o’rtasidagi salbiy farqlardan ko’rilgan zararlar 
yig’ib boriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu zararni 
ifodalovchi schotlarning kreditida (4010, 4310, 5020, 5210, 5220, 5500, 6010, 
6310 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9620- schot shu 
schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy 
moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar 9630 
“Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar” schotida 
yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning 
debetida yil davomida aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlarni chiqarish hamda 
joylashtirish bilan bog’liq xarajatlar yig’ib boriladi. Xarajatlarning aniq turlari 
ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida 


(1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot 
davri (yil) oxirida 9630- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning 
kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali 
yopiladi. 
Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar 9690 “Moliyaviy faoliyat 
bo’yicha boshqa xarajatlar” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli 
vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida moliyaviy faoliyat 
bo’yicha boshqa xarajatlar, masalan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan 
ko’rilgan zararlar yig’ib boriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning 
debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (0600, 5800, 6990 va 
boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9640- schot shu 
schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy 
moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 
Xulosa 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida 
iqtisodiyotni rivojlantirishga bir qancha omillar ta’sir etadi. Mana shu omillardan 
eng muhimlaridan biri bu xarajatlar hisoblanadi. Misol tariqasida avtomobil 
transporti korxonalarda xarajatlar hisobini olib xulosa qiladigan bo’lsak: 
Mamlakatimiz transport tarmog’ida avtomobil transporti strategik ahamiyatga 
ega bo’lgan tarmoq hisoblanadi. Shunday bo’lsada, avtomobil yo’llarni ta`mirlash 
xizmatlari va asfal't ishlab chiqarishga doir xarajatlarning hisobi, auditi va tahlili 
bo’yicha adabiyotlar mavjud emas, sohaga doir mavjud adabiyotlarda ham aynan 
ushbu mavzuning o’ziga xos jihatlari etarlicha asoslanmagan. Shu boisdan ham, bu 
yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish davr talabi sanaladi. Zero, 
tarmoqlar bo’yicha xarajatlarni optimallashtirish uchun eng avvalo, maskur 
tarmoqlarda xarajatlarning konseptual va tashkiliy xususiyatlarini yoritib berish 
lozim. 
 
Asfal't ishlab chiqarish tannarxing asosiy kompentini moddiy 
xarajatlar tashkil etadi. Moddiy xarajatlarning to’g’ri hisobga olinishi va nazorat 
qilinishi ta`mirlanayotgan avtomobil' yo’llarining sifatliligini ta`minlaydi. 
 
Ishlab chiqarishga doir mehnat xarajatlarini hisobga olish va 
audit qilishda ushbu xarajatning rag’batlantiruvchi funksiyasiga alohida e`tibor 
qaratish lozim. Zero, mehnat xarajatlari ko’proq subyektiv omillarga, ya`ni 
ishchining mehnatga bo’lgan munosabati bilan belgilanadi. Ushbu munosabnining 
yaxshilanishi korxonada mehnat unumdorligining oshishiga, pirovardida ishlab 


chiqarilayotgan mahsulot birligida mehnat xarajatlarining kamayishiga, bu esa o’z 
navbatida mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. 
 
Har qanday turdagi mahsulot tannarxini kal'kulyasiya qilishda 
ustama ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlariga 
mutanosib taqsimlash muhim jarayon hisoblanadi va bunda taqsimlashning ilg’or 
(activity based costing) usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
 
Avtomobil' yo’llarini ta`mirlash xizmatlari va asfal't ishlab 
chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishda tarmoqning o’ziga xos jihatlari auditorlar 
tomonidan etarlicha hisobga olinmaydi.
 
Ishlab chiqarilayotgan asfal't tannarxini kal'kulyasiya qilishning 
halqaro tajribada keng qo’llanilayotgan usullaridan foydalanish ishlab chiqarishga 
doir xarajatlarni tannarx obyektiga ratsional taqsimlash imkoniyatini beradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling