Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1028892
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bxarajatlar hisobining maqsadi vazifalari va tamoyillari



 
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА
МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ 
 
САМАРҚАНД ИҚТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС ИНСТИТУТИ 
МУСТАҚИЛ ИШ 
Мавзу: 
XARAJATLAR HISOBINING MAQSADI, VAZIFALARI VA 
TAMOYILLARI 
Бажарди: МН-311гуруҳи, Файзиева Зулфия 
Текширди:асс. Алимова Н. К. 
САМАРҚАНД – 2012 


XARAJATLAR HISOBINING MAQSADI, VAZIFALARI VA 
TAMOYILLARI 
 
REJA: 
KIRISH 
1. 
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida xarajatlarning buxgalteriya 
hisobi obyekti sifatida mohiyati, tasnifi va tavsifi 
2.
Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari 
 
3. 
Xarajatlar hisobi
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari 
va choralari” nomli asarida inqiroz sharoitida (2009-2012-yillarda) mahsulot 
tannarxini 20 foizga tushirish muhim vazifa qilib qo’yildi. Bundan biz 
xarajatlarning nafaqat mikro darajada, balki, makro darajada ham ahamiyatga ega 
ekanligini bilib olishimiz mumkin. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi shuni 
anglatadiki, bu sharoitda korxonalarning to’lov qobiliyati tushib ketadi. Hozirda, 
butun dunyoda korxonalar xarajatlarni qisqaritirish yo’li bilan bu vaziyatdan chiqib 
ketmoqchi. E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu реферат ham dolzarb 
masalalarni o’zida mujassam etgan bo’lib, u “Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 
sharoitida xarajatlarning hisobi va auditini tashkil qilish” deb nomlanadi. Uning 
dolzarbligini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin: 

Xarajatlarning to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy natijalarga ta’sir etishi; 

Xarajatsiz daromad qilib bo’lmasligi; 

Xarajatlarning mahsulot tannarxiga ta’siri orqali, bevosita uning bahosiga 
ta’sir qilishi hamda bu – korxonaning boshqa shu tarmoq korxonalari 
o’rtasidagi raqobatiga ta’sir qilishi va hokazo. 
Ta’kidlash joizki,moliyaviy-iqtisodiy inqirozning iqtisodiyotning turli 
tarmoqlariga ta’siri tobora ortib borayotgan shunday bir vaziyatda, dunyo 
iqtisodchilari va moliyachilari inqirozning oldini olish haqidagi o’z fikrlari bilan 
bong o’rayotgan bir mahalda negadir bizning olimlar bu haqda kam 
gapirishmoqda, axir prezidentimiz o’zining asarida “… toboro chuqurlashib 
borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni 
chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta 
soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi”
1
deb o’tgan. Ushbu 
sharoitda xarajatlarning muhimligini yuqorida ko’rib chiqdik. Bir qator 
O’zbekistonlik va xorijiy olimlar, mutахassislar, jumladan, To’laxodjayeva M.M., 
Do’stmurodov R.D., Urozov K.B., Musayev H.N., Toshnazarov S.N., Druri K., 
1
I.A.Karimov. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
choralari” . T.: “O’ZBEKISTON” – 2009. 11-bet.


E.A.Arens, Dj.K.Loobek va boshqalar o’z ishlarida xarajatlarning hisobi, auditiga 
keng to’xtalganlar, bu haqda ularning chop etilgan darsliklari, o’quv qo’llanmalari 
va maqolalaridan bilib olish mumkin. 


1. 
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida xarajatlarning buxgalteriya 
hisobi obyekti sifatida mohiyati, tasnifi va tavsifi 
Prezidentimiz I.A.Karimovning “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini 
qo’llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini 
oshirish chora tadbirlari dasturi to’g’risida”gi (2008-yil 28-noyabr) 4058-sonli 
Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi 
korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot 
tannarxini 20 foizdan kam bo’lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning 
raqobatbardoshligini ta’minlash vazifasi belgilab berilgan. Ushbu vazifani amalga 
oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy 
yo’nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi (
1-chizma
). 
1-chizma. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari 
Natijada 2009-yil mobaynida sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot tannarxi 18 foizga, shu jumladan, “Samarqankimyo” OAJ da 12,2 foizga 
kamaydi. Respublikamizda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalarni quyidagi jadval 
orqali ko’rishimiz mumkin (1-jadval). 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling