Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1028892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bxarajatlar hisobining maqsadi vazifalari va tamoyillari

Boshqaruv obyektlari: 
Xarajatlar va moliyaviy- 
xo’jalik faoliyatlari 
Ma’lumotlarni
yig’ish 
Ma’lumotlarni
ro’yxatga olish 
Ma’lumotlarni
bir tizimga keltirish 
Qaror qa’bul qiluvchi 
shaxs 
Qaror


barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari , uning 
tarkibi va shunga o’xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy 
ko’rsatkichlar reja, normativ, smeta, bazis davr ko’rsatkichlari bilan 
taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, 
boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy 
funksiyasining ahamiyati beqiyosdir. 
O’zR ning “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonunning 6-moddasiga va 
buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS) lariga muvofiq xarajatlarni tan olish va 
hisobini yuritishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin (
2-jadval
). 
2-jadval 
Xarajatlarni tan olish va hisobini yuritishning tamoyillari 
№ 
Tamoyilning nomi 
Xarajatlar hisobi bo’yicha qo’llanilishi 
1. 
Ikki yoqlama yozuv
usuli bilan hisob yuritish 
Bu tamoyilning ma’nosi shundan iboratki yuz 
bergan operatsiyaning summasini bir vaqtning 
o’zida ikki schotda, ya’ni bir schotning debetida 
va ikkinchisining kreditida aks ettirilishini 
bildiradi. 
2. 
Uzluksizlik 
Bu tamoyil korxonaning doimo harakatdagi 
subyekt, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida davom 
ettiruvchi va rivojlantiruvchi subyekt sifatida 
qaraydi. Shunga ko’ra, xarajatlar ham uzluksiz 
hisobga olib boriladi. 
3. 
Pulda ifodalash 
Bu tamoyil yuz bergan xarajatlarni milliy 
valutada, ya’ni so’m va tiyinlarda aks ettirishni 
bildiradi. 
4. 
Aniqlilik
Bu tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir 
xarajat summasining qat’iy hujjatli asosga ega 
bo’lishligini bildiradi. 
5. 
Hisoblash
Bu tamoyil xarajatlarni yuz bergan vaqtiga 
ko’ra tan olishni va shu vaqtdan boshlab ularni 
buxgalteriya 
hisobida 
va 
hisobotda 
aks 
ettirishni bildiradi. 
6. 
Ehtiyotkorlik 
(konservatizm) 
Bu tamoyil korxona hisobotlarida xarjatlarni 
ko’p (kam) qilib ko’rsatmaslikni ifodalaydi. Bu 
tamoyilni qo’llash yashirin rezervlarni vujudga 
keltirish, biron bir maqsadda xarajatlarni 


ko’paytirib (kamaytirib) ko’rsatish huquqini 
bermaydi. 
7. 
Taqqoslamalik
Xarajatlarni ifodalovchi hisobotlar foydali va 
mazmunli bo’lishi uchun u turli hisobot 
davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan 
bo’lish kerak. Hisobotdan foydalanuvchilar 
ushbu hisobot qaysi usullarga, tamoyillarga 
muvofgiq tuzilganligini bilishi lozim. Agar 
o’tgan davrdagi hisobot ko’rsatkichlari bilan 
joriy hisobot davridagi hisobot o’rtsida farq 
bo’lsa o’tgan davr hisobotini ham qaytadan 
tasniflash 
lozim, 
agar 
tasniflashning 
(o’zgartirishning) iloji bo’lmasa ushbu qismda 
tushuntirishlar, yoxud xarakteri ochib berilishi 
lozim. 
8. 
Neytrallik
Bu 
tamoyil 
xarajatlarni 
ifodalovchi 
hisobotlarni bironta shaxs manfaatlari uchun 
boshqa 
bironta 
shaxs 
zararlari 
evaziga 
moslashtirmaslikni bildiradi. 
9. 
Hisobot davri daromadlari 
va xarajatlarining 
muvofiqligi 
Bu tamoyil hisobot davri xarajatlariga shu 
davrda real daromad keltirgan qismini kiritishni 
bildiradi. 
10. 
Tushunarlilik
Bu 
tamoyil 
xarajatlarni 
ifodalovchi 
hisobotlarning 
moddalari 
axborot 
foydalanuvchilari uchun tushunarli bo’lishligini 
bildiradi. 
11. 
Yakunlanganlik 
Bu tamoyil xarajatlar to’g’risidagi hisob 
ma’lumotlarining biron-bir hisobot davri uchun 
jamlanganligini bildiradi. 
12. 
Tezkorlik 
Bu tamoyil xarajatlar to’g’risidagi hisob 
ma’lumotlarini 
va 
hisob 
siyosatidagi 
o’zgarishlarni boshqaruv organlariga kerakli 
muddatlarda va hajmda yetkazib berishni 
bildiradi. Axborotning muhimligi ham nisbiy 
tushuncha bo’lib, u faqatgina o’z vaqtidagina 
muhim bo’ladi, kechikkan yoki muddatidan 
oldin berilgan axborotning roli pasayadi. 


13. 
Offsetting (moddalarning 
o’zaro hisobga olinishi) 
Bu tamoyil daromad va xarajatlar moddalari 
o’zaro hisobga olinishi mumkin emasligini 
bildiradi (BHMS larda bunga ruxsat berilgan 
yoki talab qilingan holatlar bundan mustasno). 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling