Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta tamoyillari Reja: Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta tamoyillari Sug‘urtaning shakllari haqida tushuncha


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1391085
1   2   3   4   5
Bog'liq
Eshmatov Abbos Sugurta fanidan 1

5. Majburiy 
sug‘urtaning 
muddatsizligi. 
Majburiy 
sug‘urta 
sug‘urtalangan obyekt mavjud bo‘lgan davrning to‘la qismida amal qiladi.  
6. Majburiy 
sug‘urta 
bo‘yicha 
sug‘urta 
ta’minotining 
me’yorlashtirilishi. Sug‘urtaviy baholash va sug‘urtaviy qoplash tartibini 
soddalashtirish maqsadida sug‘urta bahosiga nisbatan foizlarda yoki bir 
obyektga so‘mlarda sug‘urta ta’minotining me’yorlari belgilanadi.  
Sug‘urtaning ixtiyoriy shakli quyidagi tamoyillar asosida qurilgan. 
1. Ixtiyoriy sug‘urta qonunchilik asosida va ixtiyoriy ravishda 
amal qiladi. Qonunchilik ixtiyoriy sug‘urtaga tegishli obyektlarni va 
sug‘urtaning umumiy shartlarini belgilab beradi. Konkret shartlar esa, 
sug‘urtalovchilar tomonidan ishlab chiqiladigan sug‘urta qoidalari orqali 
tartibga solinadi. 
2. Sug‘urtada 
ixtiyoriy 
qatnashish 
to‘la 
holda 
faqat 
sug‘urtalanuvchilar uchun xarakterlidir. Agar sug‘urtalanuvchining 
xohishi sug‘urta qoidalariga zid kelmasa, sug‘urtalovchi obyektni sug‘urta 
qilishdan 
bosh 
tortish 
huquqiga 
ega 
emas. 
Bu 
tamoyil 
sug‘urtalanuvchining birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi 
tuzilishini kafolatlaydi. 
3. Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab qamrab olishi. Barcha shaxslar ham 
unda ishtirok etish istagini bildiravermaydilar. Bundan tashqari, 


shartnomalar tuzishda sug‘urta shartlari bo‘yicha chegaralashlar ham 
amal qiladi. 
4. Ixtiyoriy sug‘urta doimo sug‘urta muddati bilan chegaralanadi. 
Bunda muddatning boshlanishi va tugashi shartnomada qat’iy kelishib 
olinadi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi 
sug‘urta holati faqatgina sug‘urta davrida sodir bo‘lgandagina to‘lanadi. 
Ixtiyoriy sug‘urtaning uzluksizligini faqatgina yangi muddatga qayta 
shartnoma tuzish yo‘li bilangina ta’minlash mumkin. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling