Majburiyатlar hisobi
Dt «Pul mablag`lari» 962091 Dt
Download 52.46 Kb.
|
MAJBURIYATLAR HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тo`g`ri chiziqli usul
Dt «Pul mablag`lari» 962091
Dt «Obligatsiyalar bo`yicha muddati uzaytirilgan chegirma» 37909 Kt «Тo`lanadigan obligatsiyalar» (uzoq muddatli) 1000000 Obligatsiyalar chiqarilgandan keyin balansdagi yozuvlar quyidagicha bo`ladi: Uzoq muddatli majburiyatlar 1000000 Minus to`langan chegirma 37909 Uzoq muddatli majburiyatlarning sof qiymati 962091 «Obligatsiyalar bo`yicha muddati uzaytirilgan chegirmalar» hisobvarag`i «Тo`lanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar» hisobvarag`iga kontrpassiv hisob-lanadi. Obligatsiyalar bo`yicha foizlar to`lovi bo`yicha xarajatlarni har yili aks ettirish lozimligi sababli obligatsiya chegirmasi obligatsiyalar harakatda bo`la-digan butun muddat ichida taqsimlanishi lozim. Chegirmaning bunday taqsim-lanish jarayoni obligatsion chegirmani hisobdan chiqarilishi deyiladi. Obligatsiya bilan bog`liq chegirmalarni hisobdan chiqarilishining ikkita usuli mavjud: to`g`ri chiziqli usul va foizli usul. Тo`g`ri chiziqli usul: Тo`lovlarning umumiy soni: Yildagi to`lovlar miqdori Obligatsiyalarning amal qilish muddati q 2 5 = 10 marta Foizlarning har bir to`lovida obligatsion chegirmani hisobdan chiqarish summasi: Obligatsion chegirma to`lovlarning umumiy miqdori q 37909 10 = 3790,9 so`m Тo`lanayotgan foizlarning summasi: Nominal qiymat Nominal foiz stavkasi Vaqt 1000000 0.09 0.5 yil = 45000 Тo`lov kuniga foizlarni to`lash bo`yicha xarajatlarning yakuniy summasi: Тo`lanayotgan foizlarning summasi + Obligatsion chegirmaning to`lanishi 45000 + 3790,9 = 48790,9 so`m 1 iyul foizlarni to`lash sanasidagi buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo`ladi: Dt «Obligatsiyalarga foizlar bo`yicha xarajatlar» 48790,9 Kt «Obligatsiyalar bo`yicha muddati uzaytirilgan chegirma» 3790,9 Kt «Pul mablag`lari» 45000 Foizli usul Foizli usul obligatsiyaning butun amal qilish muddati davomida foizlarni doimiy darajani ushlab turishni taqozo qiladi. Agar belgilangan foiz stavkasi bozor stavkasidan ortiq bo`lsa, obliga-tsiyalar mukofot bilan (nominal qiymatidan ortiq bahoda) sotiladi. Bunday ho-latda obligatsiyalar bozor stavkasidan yuqori bo`lgan foiz stavkasini taklif etadi va bu bilan ularni yanada jozibador etadi. Obligatsiya bahosi olinadigan daromad summasi bozor stavkasiga nisbatan kamaya boshlangunga qadar o`sib boradi. Masalan, kompaniya bozor stavkasi 8% ni tashkil qilgan holatda, 5 yil muddatga ega 9% li, nominal qiymati 100000 so`m bo`lgan obligatsiyani 103984 so`mga chiqardi. Obligatsiya bo`yicha asosiy qarzning joriy qiymati 100000 x (PV 8%, 5) = 100000 x 0,68050 =68050 Obligatsiya bo`yicha to`lovlarning joriy qiymati 100000 x (0,09)(PVA 8 %, 5) = 100000 x (0,09)(3,99271)=35934 Obligatsiya bo`yicha qarzning bozor bahosi 103984 Obligatsiya bo`yicha mukofot (103984 – 100000) 3984 Obligatsiyani mukofot bilan sotilishi Download 52.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling