Majburiyatlar, mehnat va unga haq to’lash xarajatlari


Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy-joy va kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xod


Download 66.75 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi66.75 Kb.
#1628649
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehnat va unga haq toʼlashni hisobga olish. Hisobdor shaxslar bi-fayllar.org

Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy-joy va kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xodimlar kiradi.

Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

ishchilar;

xizmatchilar.

Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita band bo‘lgan xodimlar kiradi.

Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.

Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida rahbarlik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.

Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.

Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.

Mehnatga haq to‘lash shakllari, tizimlari, fondi va uning tarkibi

Mehnatni normalash - amaldagi vaqt normalari, xizmat ko‘rsatish normalarini o‘z ichiga oladi.

Vaqt normasi - bu muayyan ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt miqdorini belgilaydigan mehnat o‘lchovidir.

Ishlab chiqarish normasi - vaqt birligida tayyorlanishi lozim bo‘lgan mahsulot miqdorini donalar, tonnalar, metrlar va hokazolarda xarakterlaydi.

Mehnatga haq to‘lash uchun tarif tizimidan foydalaniladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkalari, tarif stavkasi.

Tarif tizimi - tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Korxonada bajariladigan ishlarning ishlab chiqarish tavsifi tarif-malaka ma’lumotnomasida keltiriladi. Ushbu hujjat ishchilar malakasini aniqlash va ularga ma’lum razryad belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi.


Download 66.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling