ta’tillarga to‘lanadigan asosiy va qo‘shimcha haq; o‘smirlarga imtiyozli soatlar uchun to‘lanadigan haq; davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun to‘lanadigan haq; tekinga beriladigan kvartiralar, kommunal xizmatlar va boshqalar qiymati.
Ish haqi to‘lash shakllari
| |
Ishbay
|
Vaqtbay
|
Oddiy ishbay
Ishbay-mukofot
Ishbay-progressiv
Bilvosita ishbay
Akkord
|
Oddiy vaqtbay
Vaqtbay-mukofot
| Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim. Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi. Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi: T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq. T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq. T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd. T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Tabel - bo‘lim, brigada, tsex xodimlarining nomma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi. Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |