Majolis un-nafois


Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur


Download 323.5 Kb.
bet30/38
Sana07.03.2023
Hajmi323.5 Kb.
#1247372
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
Majolis un-nafois (1)

Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur,
Kim jonga qaro balo bo‘lubtur.
Zulqofiyatayndur va qofiyalari tardi akskim, javob aytmoq bu faqir qoshida maholatdindur. Agarchi aning tiliga bu nav’ abyot ko‘p o‘tar erdi, ammo hargiz parvo qilib bir yerda bitimas erdi. Bu matlain faqir tugatib aning yodgori devonda bitibmen”. Ushbu baytda “balo qaro” hamda “qaro balo” so’zlari takrorlanib kelgan.
Talmeh san’ati. “Ishqdin boshig‘a kelgan suubat sharhida takallum ko‘rguzmak va Farhodu Majnun o‘l suubatni xayol qila olmaslig‘ida tarannum tuzmak majnunvor va farhod-osor kelibdur:
Ishqdin keldi mening boshimg‘a oncha sa’b hol,
Kim, oni Farhod ila Majnun qila olmas hayol.”
Bu baytda Husayn Boyqaro she’r san’atidagi “talmeh (lug‘. ma’nosi: yashin chaqnashi, ko‘z qirini bir narsaga daf’atan qaratish demakdir)ni ishlatgan. Bu san’atda tarixiy shaxslar, voqea, qissa, afsonalarga va ulardagi personajlarga ishora qilmoqni anglatadi. Baytdagi Farhod va Majnunlar ana shunday qahramonlardandir. Yana bir baytida xuddi shu san’at ishlatilgan: “Mahzun ko‘ngulning yorsiz devona bo‘lmog‘ining uzri va ul hajridin Vomiq va Majnundek rasvoliqqa afsona bo‘lmog‘ining ma’zirati:
Yorsiz mahzun ko‘ngul devona bo‘lmay naylasun,
Vomiqu Majnun kibi afsona bo‘lmay naylasun?”
yoki quyidagi baytda ham qo’llanilgan:
“Bu matla’ ham manzurini husn yuzidin Shirin va Laylig‘a va o‘zin ishq bobida Farhod vaMajnung‘a tarjih qilibdur. Bu nav’ oz eshitilibdur:
Husn ila sen komilu Shirinu Layli shuhrati,
Ishq aro men zor o‘lub, Farhodu Majnun tuhmati”.
Bu baytda ham “talmeh” san’ati ishlatilgan. Vomiq — “Vomiq va Uzro” nomida 20 dan ziyod dostonlar mavjud. Asli yunonga borib taqaluvchi bu turkum dostonlardan ilk namunalar VI asrlarda uchraydi XI asrda fors shoiri Unsuriy «Vomiq va Azro» nomli doston yaratgan (Vomiqning ma’nosi do‘stlashuvchi, do‘sti borni anglatadi, Azro esa bokira ma’shuqa deganidir). Keyinchalik ko‘p shoirlar shu nomda doston yaratganlar. Bu dostonlarning mazmunida farqlar oz bo‘lib, faqat birida Vomiq Yaman shohining o‘g‘li, Uzro Hijoz hokimining qizi, boshqasida esa turli mamlakatlar hukmronlarining farzandlari sifatida qalamga olinadi.Yoki quyidagi bayt ham misol bo’la oladi: “Majnunni ishq tariyqida o‘ziga o‘xshatmoq va devonalig‘ rasmin anga o‘rgatmak kamoli oshiqliqqa va devonaliqqa doldur va ishq va junun ahlig‘a bu nav’ bas bul’ajab holdur:

Download 323.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling