Majolis un-nafois


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 323.5 Kb.
bet3/38
Sana07.03.2023
Hajmi323.5 Kb.
#1247372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Majolis un-nafois (1)

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. “Majolis un-nafois” tazkirasi o’zbek tazkirachiligida yangi an’anaga asos solgani uchun ham uni yaratilib, kitobxonlarga taqdim etilgan vaqtdanoq o’rganilib, ko’plab tillarga tarjima qilingan. Bu haqda bitiruv malakaviy ishimiz boblarida to’xtalib o’tganmiz. Mavzuimizning o’rganilishiga keladigan bo’lsak, u asosan rus olimlari A.K. Borovkov, E.E. Bertels, N.A. Boldirevlar tomonidan qisman bo’lsada o’rganilib, ushbu asardan o’zlarining tadqiqotlarida keng foydalanganlar. Yana o’zbek navoiyshunoslaridan Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek hamda Porso Shamsiyevlar tazkiraning matnini tayyorlab, ommaga taqdim etishgan. Eng mukammal o’rgangan navoiyshunos olima professor Suyima G’aniyeva hisoblanadi. Ular Leningrad universitetining aspiranturasida tahsil olayotganlarida “Majolis un-nafois”ning ilmiy-tanqidiy matnini eng qadimiy va nodir qo’lyozmalaridan foydalanib, uni har tomonlama tadqiq etib, tayyorlaganlar. Tazkira majlislarini ham to’liq o’rganib, uni badiiy jihatdan yuksak asar ekanligini isbotlab berganlar va hozirda ham ushbu asarni tadqiq etishda davom etmoqdalar.
Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishimizda bevosita professor, navoiyshunos olima Suyima G’aniyevaning “Majolis un-nafois” asariga 1961-66 yillarda tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matni asosiy manba bo’lib xizmat qildi. Qo’shimcha manbalardan Suyima G’aniyevaning “Kitob dunyosi” gazetasida chop etilgan maqolalari, “O’zbek adabiyoti tarixi” (5 tomlik) kitobi, N.M. Mallayevning “O’zbek adabiyoti tarixi” (2-tomi) kitobi, Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning maqolalari, hozirga qadar nashr etilgan 20, 15, 10 tomlik Alisher Navoiy asarlarining mukammal to’plamlaridan hamda internet ma’lumotlaridan foydalandik.
Ishning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadi - “Majolis un-nafois” tazkirasini tarkibiy tuzilishi jihatidan mukammal o’rganish va undagi majlislarning badiiy talqinini keng yoritib berishdan iborat. Shu maqsadni amalga oshirishda biz o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:
- “Majolis un-nafois” tazkirasining tazkirachilik an’analaridagi o’rnini ko’rsatib berish;
- “Majolis un-nafois” dan avval yaratilgan tazkiralar, ularning farqli jihatlari haqida qisqacha bo’lsada ma’lumot berish;
- Tazkiraning o’zbek tazkirachiligiga asos bo’lgani, uning tarkibiy tuzilishini mukammal tarzda ko’rsatib berish;
- Tazkirada nafaqat erkak balki ayol shoiralar ijodi haqidagi ma’lumotlarni keltirish;
- “Majolis un-nafois” majlislarining shakli va mazmuni, badiiyatini mukammal o’rganish;
- Asar bo’yicha olib borilgan izlanishlardan asosiy xulosalarni keltirish.

Download 323.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling