Naysimon mahsulotlar (3.l-rasm) shakli va uzunligiga ko'ra makaronlar, shoxchalar va perolarga bo'linadi. Ipsimon mahsulotIar-vermishel (3.2-rasm) turli kesim va uzunlikka ega bo'lishi mumkin. Uzunligi 1,5 srn dan kam bo'lmagan-kalta qirqilgan, 20 srn dan kam bo'lmagan-uzun holda ishlab chiqariladi. Xorijda ish lab chiqarilgan uzun vermishel spa get t i deb nomlanadi. Tasmasimon mahsulotlar-ugra (3.3-rasm) o'lchami va shakliga ko'ra chetlari silliq yoki taram-taram yuzali; to'g'ri, arrasimon, to'lqinsimon, uzun va kalta qirqilgan hollarda ishlab chiqariladi. Ugraning kengligi-3 mm dan 10 mm gacha (< Tasmasimon mahsulotlar-ugra (3.3-rasm) o'lchami va shakliga ko'ra chetlari silliq yoki taram-taram yuzali; to'g'ri, arrasimon, to'lqinsimon, uzun va kalta qirqilgan hollarda ishlab chiqariladi. Ugraning kengligi-3 mm dan 10 mm gacha (< Shakldor mahsulotlar (3.4-rasm) presslash yoki shtamplash yo'li bilan tayyorlanadi. Shakldor mahsulotlar istalgan shakl va o'lchamlarda ishlab chiqarilishi mumkin, ammo ular istalgan qismining kesimidagi eng katta qalinligi presslangan mahsulotlar uchun 3,0 mm, shtamplangan mahsulotlar uchun 1,5 mm dan ortiq bo'lmasligi kerak. MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI Makaron mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik sxemasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: xomashyoni saqlash va ishlab chiqarishga tayyorlash, xamir tayyorlash; mahsulotlarga shakl berish, ularni bo'laklash; quritish, qadoqlash, joylash va saqlash. Kalta qirqilgan makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik sxemasi 3.5-rasmda keltirilgan. Un avtountashlagichlar bilan keltiriladi va qabul qilish taxtasi 6 dan material o'tkazuvchi quvur 7 orqali pnevmatik tashish usulida o'lchanadigan tenzometrik qurilmasiga ega siloslar 5 ga beriladi. Siloslar ventilator I, tebranadigan filtrlar 2, bo'shatuvchi siklon 3 va havo o'tkazuvchi quvur 8 dan iborat aspiratsiya tizimi bilan ta'minlangan. Shnekli dozatorlar 4 yordamida turli siloslardagi unni har xiI nisbatlarda shnek 19 bilan aralashtirish mumkin. Un elash mashinasi 18 dan o'tgandan keyin rotorli ta'minlagich 16 dan ventilator 17 dan beriladigan havo yordamida aerozol ko'rinishida xamir qorish bo'limiga yuboriladi va u yerda siklon 9 da havodan ajraladi va xamir aralashtirgich 11 ga tushadi. Shu yerning o'ziga sarflovchi bak 12 dan dozator 10 yordamida emulsiya beriladi. Emulsiya aralashtirgich 14 da tayyorlanadi, u yerdan nasos /3 bilan sarflovchi bakka tortiladi. Suv aralashtirgichga termoregulator 15 orqali beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |