Makaron ishlab chiqarish texnologik linyasi Guruh: 40-19


Download 426.26 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi426.26 Kb.
#1589154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Makaron ishlab chiqarish texnologik linyasi

Uzun mahsulotlarni osib quritishda bastunlarga osilgan nam mahsulotlar (vermishel, ugra, makaronlar) bastunni to'liq to'ldirib, birbiriga tegib turishi kerak. Ammo mahsulotlarga yetarlicha havo tegishi uchun ular bir-birining ustiga chiqib qolmasligi kerak. So'nggi paytlarda ishlab chiqarilgan o'zi osuvchi qurilmalar qo'shimcha tekislovchi qirralarga ega. Mahsulotlar kesib olingan pastki uchlarining nam qirqimlari pnevmotransport bilan qayta ishlash uchun xamir aralashtirgich tog'orasiga keltiriladi.

NAM MAKARON MAHSULOTLARINI QURITISH

Nam makaron mahsulotlari - turli xii biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar kechishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Bu jarayonlar rivojlanishining oldini olish uchun mahsulotlar suvsizlantirish usuli bilan konservalanadi-ya'ni 13 % dan yuqori bo'lmagan namlikkacha quritiladi. Makaron mahsulotlarini quritish ularni ish lab chiqarish jarayonidagi eng uzoq davom etadigan bosqich hisoblanadi. Uning muvofiq ravishda o'tkazilishi bilan tayyor mahsulotlarning mustahkamligi, slmq yuzasining yaltiroqligi, kislotaliligi kabi ko'rsatkichlari darajasi bog'liq bo'ladi. Namlikni ajratishni haddan ortiq jadal ravishda olib borish mahsulotlarning yorilishiga, namlikni ajratishning birinchi bosqichida juda uzoq quritish mahsulotlarning achishiga, qatlam holida quritish esa yopishgan mahsulotlardan to'dalar hosil bo'lishiga va mahsulotlarning deformatsiyalanishiga olib keladi. Zichlangan makaron xamiri va nam makaron mahsulotlari kolloidkapillar-g'ovak materiallar xossalariga ega bo'lganligi tufayli, ularda namlikning uch shakldagi bog'lanishi uchraydi: kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizik-mexanikaviy. Ammo nam mahsulotlarda namlik bog'lanishining, asosan, birinchi ikkita shakli kuzatiladi.

MAKARON MAHSULOTLARINI SOVITISH, QADOQLASH, JOYLASH VA SAQLASH

Makaron mahsulotlari quritgichdan chiqayotgan paytda qurituvchi havoning haroratiga ega bo'\adi, Qadoqlash va joylashdan oldin makaron mahsulotlari 4 soat davomida 25-30 QC haroratga va 60-65 % nisbiy namlikka ega havo bilan xona haroratigacha sekinlik bilan sovitilishi kerak. Bunda mahsulotlarning barqarorlanishi sodir bo'ladi: butun qatlami bo'yicha namligi bir tekis taqsimlanadi, jadal quritishdan qolgan ichki kuchlanish qaytariladi, namning 0,5-1 % bug'lanishi natijasida mahsulot massasi biroz kamayadi. Oqimli liniyalarda mahsulotlarni barqarorlashtirish va sovitish 12 soat davomida ish lab chiqarilgan mahsulotni g'amlab qo'yilgan barqarorlashtiruvchi to'plagichlarda sodir bo'ladi. Qolgan hollarda tebranma sovitgichlar qo'llaniladi. Qadoqlash jarayoni mahsulotlarni bunkerlar yoki ishlab chiqarish stollariga yetkazib berish, magnit separatorlaridan o'tkazish, taralarga taxlash, tebratgichlarda biroz zichlash, tortish, qutilarni yopish va tamg'alashdan iborat. Makaron mahsulotlari qadoqlangan va joylangan holatlarda ishlab chiqariladi. Iste'molchi (kichik) taralarda qadoqlash avtomatlarda yoki qo'lda bajariladi. Iste'molchi taraga karton qutichalari, polimer plyonkalardan tayyorlangan va issiqlik yordamida kavsharlanadigan paketlar, tashqi taraga esa - gofrirlangan kartondan, fanera va taxtachalardan tayyorlangan qutilar, to'rt qavat qog'ozdan tikilgan kraft-xaltalar kiradi. Omborxonalarda makaron mahsulotlari stellaj va tagdonlarda havoning harorati 16-18 QC va nisbiy namligi 70 % dan yuqori bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi lozim. Xonalar toza, quruq, shamollatiladigan, atmosfera yog'inlari va zararkunandalardan himoyalangan bo'lishi kerak. Mahsulotlarni o'tkir, o'ziga xos hidga ega tovarlar bilan saqlash mumkin emas.


Download 426.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling