“Xamsat ul-mutahayyirin”da Abdurahmon Jomiy siymosi.
«XAMSAT UL-MUTAHAYYIRIN» — Alisher Navoiy tomonidan uning piri va ustozi Abdurahmon Jomiy vafoti munosabati bilan 1494-y. da yozilgan, adabiyotning xotira turiga oid asar nomi.
«Xamsat ul-mutahayyirin» iborasi «hayratlanarli beshlik» maʼnosida. Jomiy 14-asrning 40-yillari oxiri va 50-yillarida Samarqandda Ulugʻbek madrasasida, soʻng boshqa madrasalarda oʻqib yurar ekan, darslarni yaxshi oʻzlashtirishda u boshliq 5 talaba «Xamsat ul-mutahayyirin ulM.» deb nom chiqargan. «Xamsat ul-mutahayyirin ulM.» deganda odatda 5 yorug yulduz (aniqrogʻi, sayyoralardan Atorud, Zuhra, Mirrix, Mushtariy, Zuhal) koʻzda tutiladi. Bunda Navoiy oʻsha iboradan foydalangan.
«Xamsat ul-mutahayyirin» ning asosiy qismi 3 maqolatdan tashkil topgan boʻlib, birinchi makrlatda Navoiy shaxsan oʻzi bilan Jomiy orasida yuz bergan voqea va hodisalar, noyob ijodiy suhbat va uchrashuvlar haqida 16 hikoya keltirgan. Ularning har birida Jomiyning yuksak aqlzakovati, oʻz yaqinlari va shogirdlariga samimiyligi, shu bilan birga, talabchan boʻlgani, hozirjavobligi, hazilmutoyibaga moyilligi, koʻp masalalarda Navoiy bilan hamfikr boʻlgani yaqqol koʻzga tashlanadi.

Ikkinchi maqolatda Navoiy va Jomiyning oʻzaro yozishmalariga izoxdar berilgan. Bu ikki ulugʻ shaxs bevosita muloqot imkoniyati yoʻq vaqtlarda birbirlariga uzluksiz xat yozib, holahvol soʻrashib turishgan. Ular oʻz maktublarida baʼzan oʻz davrining muhim ijtimoiysiyosiy muammolari yuzasidan ham fikr almashishgan. Bu nomalar goh nasrda, goh nazmda bitilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |