Makroiqtisodiyot tahlil va prognozlash


Download 82.71 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi82.71 Kb.
#1501860
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rajabov Doniyorbek




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
4-KURS 190-IQTISOD SIRTQI GURUHI TALABASI
RAJABOV DONIYORBEKNING
MAKROIQTISODIYOT TAHLIL VA PROGNOZLASH” FANIDAN


KURS ISHI

Mavzu: Institutsional o‘zgarishlar va ularning Yaimga taʼsiri.

Topshirdi: Rajabov Doniyorbek
Qabul qildi: __________________

Urganch – 2023 yil
Mavzu: Institutsional o‘zgarishlar va ularning Yaimga taʼsiri.
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….3
I BOB. Institutsional o‘zgarishlar va ularning Yaimga taʼsiri.
1.1. Institutsional o`zgarishlar va institutlarning o`zaro bog`liqligi.…………5
1.2. Institutsional matritsa.………………….…………………………….…11
II BOB. Institutsional o‘zgarishlarning o‘ziga xos normalari
2.1. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi………………21
2.2 “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati.……………….…..27
Xulosa ……………………………………………………………………….…..32
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………33


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Institutsional iqtisodiyot – bu iqtisodiy nazariya va xo`jalik amaliyotini institutsional o`zgarishlarning o`zaro bog`liqligida o`rganuvchi zamonaviy iqtisodiy fikrlarning ilmiy yo`nalishlaridan biridir. Ushbu yo`nalish G`arb mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishi, talab va taklif qonunlarining ishlashi, xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning hulq-atvori, bozor va ma’muriy mexanizmlarning faoliyat ko`rsatishi, iqtisodiy o`sish va shu kabi boshqa bir qator jarayonlar va hodisalarni o`rganishda keng tatbiq etib kelinmoqda. Shularni hisobga olganda ushbu nazariyani keng o`rganish va undan O`zbekiston iqtisodiyotida institutsional islohotlarni kengaytirish hamda barqaror iqtisodiy o`sishni ta’minlashni muhim nazariy asosi sifatida foydalanish mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunda institutsional iqtisodiyot fani iqtisodiy nazariyaning uzviy bir yo`nalishi sifatida dadil maydonga chiqdi. Ushbu fan Rossiya, Ukraina, Boltiq bo`yi va boshqa qator o`tish iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarning iqtisodiyot yo`nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy o`quv yurtlarida keng o`qitilmoqda va mazkur fan bo`yicha kafedralar tashkil etilgan. E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur ma’ruzalar matnida neoinstitutsional nazariyaning metodologik asoslariga, asosiy qoidalariga, tamoyillariga, ushbu yo`nalish vakillarining ilmiy qarashlariga, jamiyatdagi rasmiy qoidalar va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish muammosiga, norasmiy institutlarning roliga muhim ahamiyat berilgan. Shuningdek, ma’ruzalar matnida institutsional iqtisodiyotning tadqiqot usuli sifatida o`yinlar nazariyasi va modellashtirish tavsifiga, reja va bozor institutlari faoliyati normalari hamda shartnomalar xillariga e’tibor qaratilgan. Transaksiya va
transaksiya xarajatlari nazariyasi, transformatsion yondashuvning o`ziga xos
xususiyatlari va uning ahamiyati hamda tahliliy usullari izohlab berilgan.
Qo`llanmada institutlarni yangi institutsional muhitga joriy etish jarayonlarini
o`rganishga keng o`rin ajratilgan.

Download 82.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling