Maktab darsliklaridagi mashqlarni o’quvchi bilim darajasiga moslash mezonlari’’
Matn oʼqilgandan keyingi mashqlar
Download 0.49 Mb.
|
Maktab darsliklaridagi mashqlarni ōquvchi bilim darajasiga moslash
Matn oʼqilgandan keyingi mashqlar.
Matn mazumnini ona tilida yoki ingliz tilida soʼzlang. Savollarga ingliz tilida yoki ona tilida javob bering. Oʼqituvchi aytgan fikrni tasdiqlovchi gapni toping. Matndan nutq vaziyatini toping. Matnga sarlavha toping. Matnni soʼzlashga reja tuzing. Berilgan gaplar yoki parchani tarjima qiling. Oʼquvchilar bu mashqlarni yuqori sinfda oʼtkazgani maʼqul, chunki ular davom etgan xotira rivojlangan boʼladi. Zamonaviy chet tili oʼqitish metodikasida yozuv va yozma nutq tushunchalari farqlanadi. Bunday farqlanish yozuv mexanizmining oʼziga xos xususiyatlariga asoslangan. Mashhur psixolog N.I.Jenkinning aytishicha yozuv mexanizmi 2-bosqichdan: 1) Harflardan soʼz yasash; 2) soʼz va soʼz birikmalaridan yozma axborotlar tuzish- dan tashkil topadi. Yozuv mexanizmining birinchi bosqichida kerak boʼlgan yozuv va imloni egallash, ikkinchi bosqichda esa fikrlarni maʼlum yozuv qolipi yordamida oʼzlashtirishdan iborat. Yozma nutq faoliyatining oʼziga xos turi boʼlib, u maʼlumotni aloqaning yozuv orqali kodlashdan iboratdir. Yozma nutq boshqa nutq faoliyatlaridan faqat oʼziga xos xususiyatlari bilangina emas, undan turmushda keng foydalanish darajasi bilan ham farq qiladi. Yozma nutqda aloqa vositasi sifatida foydalanish ancha chegaralangan. Shuning uchun yozma nutqdan foydalanish kamroq amaliy qiymatga ega. Yozma nutq - produktiv nutq faoliyati hisoblanib, axborotni, aloqani yozuv orqali kodlashdan iboratdir. Oʼrta maktab uchun chet tili boʼyicha nashr qilingan deyarli barcha dasturlarda yozuv va yozma nutq maqsad emas, balki taʼlim vositasi sifatida belgilangan. Yozuv taʼlimning barcha bosqichlarida yordamchi ahamiyatga ega boʼlib, u gapirish, tinglab tushunish va oʼqish koʼnikmalarini rivojlantirish va takomillashtirish vositasi vazifasini bajaradi. Faqat V-VI sinflarda yozuv taʼlim maqsadi hisoblanadi. Yozuv va yozma nutq oʼqitish vositasi sifatida qoʼllanib taʼlimning turli bosqichlarida har xil rol oʼynaydi. Masalan: taʼlimning boshlangʼich bosqichlarida asosiy vazifa yozuvni oʼrgatishdan iborat. Chunki bu davrda husnihat koʼnikmalari hamda tovush – harf muvofiqligi bilan bogʼliq koʼnikmalar tarkib topadi. Bu koʼnikmalar oʼqish va yozma nutqning shakllanish uchun zarur shart – sharoitdir. Oʼqitishning oʼrta bosqichida yozuv ustida olib boriladigan ish yangi til materialini toʼplanish bilan bogʼliq imlo ustidagi ishga koʼchiriladi. Shu bilan birga yozma nutq ogʼzaki nutq koʼnikmalarini shakllanishiga imkon beruvchi vosita sifatida rivojlantiradi. Taʼlimning yuqori bosqichida ilgari egallagan yozma nutq koʼnikmalari ogʼzaki nutqning ham rivojlanishi bilan takommilashib beradi. Yangi material bilan bogʼliq holda imlo ustida ishlash davom ettiriladi. Koʼpincha yozma nutq tor maʼnoda fikrni yozma bayon qilish deb tushunaladi. Psixologlarning koʼrsatishicha, har qanday tilda axborotni yozma ravishda kodlash (uchun)ancha qancha faoliyat sanaladi. Chunki yoziladigan gapning grammatik-semantik tomonlarini dasturlashtirishni gapni grammatik jihatdan reallashtirishni, soʼzlarni tanlashni, aytiladigan va yoziladigan gap komponentlarini fonetik jihatdan dasturlashni, tovushlarni tanlashni va gapni tayyor holda hosil qilib chiqarishni oʼz ichiga oladi. Yozma nutqda muomalada foydalanishning barcha hollarida ikki bosqichni koʼrsatish mumkin: Kodlash va kodni olish, buning natijasida tovush kodida ogohlantirish sodir boʼladi. Grafik kod yordamida kodlash. Ogohlantirish protsessidagi ichki gapirish yozma axborotning murakkabligi va odam tomonidan u yoki bu tilni oʼzlashtirganligiga qarab turlicha boʼlishi mumkin. E.P.Jubinning fikricha: yozma nutqni amalga oshirishning zarur sharti emas, balki u ona tilida vujudga kelgan odatdir. Yozma nutqda fikr yozma bayon qilishi bilan ogʼzaki nutq va oʼqish bilan bogʼliqligini isbotlaydi. Yozuv texnikasi-harf va harf birliklarini toʼgʼri yozish, xusnixat va imloni oʼrgatishni oʼz ichiga oladi. Maʼlumki, grafika va husnixatni oʼrgatishning taʼlimning boshlangʼich va oʼrta bosqichlarida, orfografiyani oʼrgatish esa aktiv leksika boyligini toʼplash davri davomida olib boriladi. Oʼqish texnikasi yozuv texnikasi bilan bogʼliq boʼladi, chunki oʼqish texnikasi yozuv texnikasini muayyan tovushlar bilan mos kelishga bogʼliqdir. Yozuvni oʼrgatishda oʼqituvchi harf va harf birikmalarining yozilishi qoidalarini tushuntiradi, doskada yozib koʼrsatadiki, oʼqib beradi. Tovush harf munosabati oʼrgatishda tovushni idrok etish, koʼrish tasavvuri va undan yozuv harakati sodir boʼladi. Buni oʼrgatishda mashqlar asosiy rolni bajaradi. Mashqlar oʼquvchilarda mustaqillikni oshirishga asoslanadi Xusnixatni oʼrgatishda ona tilida oʼzlashtirilgan koʼnikmalarga suyaniladi. Yozuv texnikasini oʼrgatishda eng murakkab narsa imloni oʼzlashtirishdir. Bunga asosiy sabab, ingliz tilida imloning tarixiy printsipiga asoslanganligidir. Imloni oʼrgatishda mashqlar 2 qoida bilan amalga oshiriladi: Oʼquvchilarga qoidaga mos soʼzlarni topish mashqlari. Mustaqil ishlashga moʼljallangan mashqlar. Yozuv texnikasini rivojlantirishda diktant yozishdan keng foydalaniladi. Ularning eng koʼp tarqalgan turi eshitib yoziladigan diktantdir. Uning asosiy vazifasi oʼquvchilar ongida tovush harf muvofiqligini mustahkamlash, soʼz va soʼz birikmalarini koʼrish va tovush obrazlari oʼrtasida mustahkam aloqani oʼrgatishdir. Diktantni oʼtkazishdan avval matnni butun holda oʼqib beriladi, keyin gapma-gap oʼqiladi, gaplar bir martadan aytiladi. Oʼquvchilar fikrlarini oʼz soʼzlari bilan bayon qilish koʼnikmasini egallab olishlarida yozma shakldagi faoliyatning bayon, tasvirlash, hikoya qilish, insho, xat yozish, referat va annotatsiya tuzish kabi turlaridan foydalanishi mumkin. Bayon yozish uchun oʼqituvchi matn tanlanib uni oʼqib beradi, uni maʼnodor qismlariga boʼlib chiqadi, uning asosiy mazmunini aniqlaydi. Oʼquvchilarga fikrini yozma rivishda bayon qilishni oʼrgatishda insho muhim ahamiyat kasb etadi. Insho, toʼla maʼnoda, biror maʼnoni bayon qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozma nutq koʼnikalarini takomillashtirishda turmushga oid xatlar katta rol oʼynaydi. Ingliz tilida yozuvni oʼrgatishda til yoki tayyorlov va nutq mashqlari qoʼllanadi, fikrni bayon qilishga oʼrgatadigan mashqlar nutq mashqlaridir. Yozishga va yozma nutqa oʼrgatish nutq faoliyatining turi sifatida. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling