Maktab darsliklaridagi mashqlarni o’quvchi bilim darajasiga moslash mezonlari’’


Download 0.49 Mb.
bet2/16
Sana30.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1073065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Maktab darsliklaridagi mashqlarni ōquvchi bilim darajasiga moslash

Statikadagi mashqlar – chet tili darsligida muayyan raqam yoki harf bilan belgilangan yoki maxsus ajratib ko’rsatilgan, ikki qismdan iborat, dars tarkibini tashkil etadigan o’quv-metodik kategoriya tushuniladi. Mashqning qismlari metodik adabiyotlarda “mashq talabi/sarlavhasi” va “mashq materiali” deb yuritiladi. Mashq materiali darslikda yozilgan (harf, so’z, jumla, grafik matn) yoki o’quvchi nutqining mahsuli (tovush, so’z, jumla, og’zaki matn) hisoblanadi.

  • Dinamikadagi mashqlar – chet tilida o’quvchi bajaradigan, harf yozish yoki tovushni talaffuz etishdan tortib, to matnni idrok etib tushunish yoki o’z fikrini bemalol bayon etishgacha bo’lgan o’quv amalidir.

    Mashqlarning statikadagi ko’rinishi darslik muallifining ijod mahsuli, dinamikada esa nutq ko’nikma va malakalari hosil qilish yo’lidagi amaliy harakatlardir.
    Ingliz tilini o’rganishda mashqlar sistemasi va mashqlar turlari muhim ahamiyat kasb etadi.
    Professor Igor Vladimirovich Raxmonov barcha mashqlarni til va nutq mashqlariga ajratgan.
    Professor Vulf Abramovich Buxbinder information, operatsion va motivatsion mashqlar haqida ustida ilmiy tadqiqot ishini olib borgan. Odatda bu mashqlar bilim, ko’nikma va malaka berish mashqlari hisoblangan.
    O’zbekistonda faoliyat ko’rsatgan metodist olimlar –J.Jalolov, T.Sattorov, A.Soynazarovlar chet tili mashqlar sistemasi quyidagicha talqin qilganlar, ya’ni ular mashqlarni uch turga2:

    • shakllantiruvchi - til materialini o’zlashtirishda,

    • rivojlantiruvchi- nutqda til materialini qo’llashda,

    • takomillashtiruvchi - chet tilda fikrni bayon etish va o’zga shaxs fikrini idrok etib tushunish maqsadida qo’llaniladigan mashqlarga ajratganlar. Bu mashqlar odatda o’quvchilarning bilim olish, ko’nikmani egallash va malakani o’stirishga mo’ljallangan mashqlar deb ham aytiladi.

    Ingliz tilida nutqni egallash xususiyatiga ko’ra mashqlar ikkiga bo’lingan:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling