Maktab darsliklaridagi mashqlarni o’quvchi bilim darajasiga moslash mezonlari’’
Download 0.49 Mb.
|
Maktab darsliklaridagi mashqlarni ōquvchi bilim darajasiga moslash
Tarjimasiz tushuntirish: Bunda til, nutq koʼrgazmasidan keng foydalaniladi. Bu usulni qoʼllash soʼz maʼnosini chet tilining oʼz vositalari orqali ochishdir. Bunda chet tilidagi kontekstdan, nutq vaziyatidan, soʼz yasovchi qoʼshimchalardan, soʼzning kelib chiqishini tahlil qilishdan, qoʼshimchalardan, sinonim, antonimlardan foydalanib oʼquvchilarning oʼzlariga soʼzning maʼnosini fahmlab topishdan, baynalmilal soʼzlarni taniy olishliklaridan keng foydalaniladi. Soʼz maʼnosini ochishning kommunikativ usullari aynan tarjimasiz tushuntirish va koʼrsatishga asoslanadi. Bunda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Soʼz ifodalovchi maʼno predmet yoki rasmni, harakatni koʼrsatish orqali amalga oshiriladi. Soʼz maʼnosini oʼqituvchining yuz koʼrinishi, imo-ishorasi, harakati orqali fahmlab toptirish; Soʼz maʼnosini chet tilida izohlash; Soʼzning maʼnosini kontekstdan fahmlab toptirish; Soʼz yasash qoʼshimchalari yordamida yangi soʼz maʼnosi topish. Аvval oʼrganilgan sinonim, antonimlardan foydalanish orqali yangi soʼz maʼnosi ochish; Yangi soʼz maʼnosi nutq vaziyatlari orqali ham ochilishi mumkin. Nutq vaziyati bitta gapdan yoki bir necha gapdan iborat boʼlishi mumkin. Аgar biz soʼzni vaziyatga mos holatda, jarayonida ishlatsak, unda biz uni nutq vaziyatida qoʼllagan boʼlamiz. Yuqoridagi mashqlardan foydalanish imkoniyati boʼlmagan hollarda yangi soʼz maʼnosi ona tiliga tarjima orqali tushuntiriladi. Har bir soʼz maʼnosi tarjimasiz yoki tarjima orqali tushuntirilganida xuddi birinchi holatdagidek uning grafik ifodalanishi koʼrsatilishi, lozim boʼlsa tovush-harf tahlili oʼtkazilib talaffuzi shakllantirilishi, yangi soʼz bilan iboralar , jumlalar yasash, yangi soʼz ishlatilgan jumlani matndan topib, transformatsiya qilish mashqlarini bajartirish orqali dastlabki leksik va nutq koʼnikmalari shakllantiriladi. Yangi lesikani mustahkamlovchi mashqlarni kommunikativ yondashuv orqali tushuntirish, mustahkam-lashni tashkil qilishda anʼanaviy oʼqitish jarayonida qoʼllaniladigan quyidagi usullardan ham ijodiy foydalanish mumkin. yangi soʼzlarni tanib olib, ular orqali koʼrsatmalarni bajarish; oʼqituvchi predmet yoki harakatni ataydi, oʼquvchilar rasmdan koʼrsatadi; oʼqituvchi soʼzni ona tilida ataydi, oʼquvchilar uni matndan topib, oʼqish; oʼqituvchi yangi soʼzga savol qoʼyadi, oʼquvchilar matndan javob yangi leksikani namuna orqali takrorlash, oʼqituvchi namuna gapni koʼrsatadi, oʼquvchilar namunadagi soʼzlar oʼrniga yangi soʼzni qoʼyadilar; berilgan namunalar asosida gaplar tuzish; savol-javob mashqlari; berilgan struktura asosida gaplarni davom ettirish. Til materiallaridan biri – grammatikani o’rgatishda, o’quchilarning grammatik ko’nikmalarini shakllantirishda mashqlarning ahamiyati kata, zero, grammatika – til aloqasini ta'minlovchi asosiy vosita vazifasini bajaradi, chunki metodist olimlar fikri bilan aytganda, "Til qoidalarini bilmay turib, nutqiy harakatni o'zlashtirib olish mumkin emas”. Chet tili grammatikasini oʼqitishdan asosiy maqsad nutq faoliyatini har xil turlarining toʼgʼri shakllanishini taʼminlaydigan, hamda grammatik malakalarini hosil qilishdan iboratdir. Oʼrganilayotgan til grammatikasini oʼzlashtirish nazariy, amaliy va umumtaʼlim ahamiyatga ega. Chet tili grammatikasini oʼrganish jarayonida oʼqituvchilar ona tillariga xos boʼlgan lingvistik hodisalarga uchraydilar, yangi grammatik hodisalarni oʼzlashtirib oladilar. Grammatik koʼnikma deganda, grammatik hodisalarni ongli ravishda nutq normasini buzmay qoʼllay olish tushuniladi. Sintaktik koʼnikmalarga esa gapda soʼz tarkibini toʼgʼri belgilash, nutqda gap turlarida toʼgʼri foydalanish va boshqalar hisoblanadi. Tanlab olingan grammatik hodisalar grammatik minimum deyiladi. Grammatik mashqlarni tanlashning o’ziga xos mezonlari bor: Grammatik hodisaning ogʼzaki va yozma nutqda keng tarqalganligi mezoni, barcha grammatik material ichidan kishilar nutqidan tez-tez uchraydigan hodisalar “terib” olinadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling