O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11- 5ING - 20- guruh talabasi
Narzullayeva Diloromning
“MAKTAB DARSLIKLARIDAGI MASHQLARNI
O’QUVCHI BILIM DARAJASIGA
MOSLASH MEZONLARI’’
mavzusidagi
KURS ISHI
5120112 – Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: Abdullayeva G.
B UXORO-2022
MUNDARIJA:
1. INGLIZ TILINI O’RGANISHDA MASHQLAR SISTEMASI VA ULARNING TURLARI…………………………………………….……….… .3
2. MAKTAB DARSLIKLARIDAGI LEKSIK, GRAMMATIK VA FONETIK MASHQLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI …………………….....6
3. NUTQ FAOLIYATI TURLARINI O’RGATISHDA MASHQLARNING ROLI ………………………………………………………...………………... 14
4. INGLIZ TILINI O’RGATISHDA MASHQLARNI O’QUVCHI BILIM DARAJASIGA KO’RA TANLASHNING AHAMIYATI…….………….... 28
5. INGLIZ TILI DARSLIKLARIDAGI MASHQLARNI O’QUVCHI BILIM DARAJASIGA MOSLASH MEZONLARI ………………………………..... 30
XULOSA............................................................................................................33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.......................................35
1. INGLIZ TILINI O’RGANISHDA MASHQLAR SISTEMASI VA ULARNING TURLARI
Hozirgi kunda ingliz tilini bilish zamon talabi bo'lganligi sababli ham mamlakatimizda tilni takomillashtirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Til o’rganishda esa mashqlar bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Mаshq chet tillаrni o’qitishning yagоnа birligi hisoblanib, o’quvchi-tаlаbаlаrning o’qituvchi rаhbаligidаgi yoki mustаqil tаshkil qilinаdigаn, o’rgаnilаyotgаn o’quv mаtеriаlni аmаliyotdа qo’llаsh mаqsаdidа muntаzаm tаshkillаshtirilgаn ko’p tаkrоrlаnuvchn o’quv hаrаkаtidir. Usulning аsоsiy vаzifаsi – bilimlаrni аmаliy fаоliyat jаrаyonidа mustаhkаmlаsh vа rivоjlаntirish.
Chet tilini o’rganish mashqlar bajarishdan iborat jarayon bo’lib, bu mashqning dinamika ya’ni harakat tarafini, uning statika ya’ni holat jihatini esa darslikda o’quv materiali tarzida tashkil etilganligi ifodalaydi. Shunga asosan mashqlar statikadagi va dinamikadagi mashqlar1 turiga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |