Maktab darsliklaridagi mashqlarni o’quvchi bilim darajasiga moslash mezonlari’’
Download 0.49 Mb.
|
Maktab darsliklaridagi mashqlarni ōquvchi bilim darajasiga moslash
Retseptiv nutq deyilganda maʼlumotni qabul qilish orqali sodir boʼladigan nutq tushuniladi. Ularga tayanib maʼlumot qabul qilish, tinglab tushunish, kitob- ni, matnni oʼqish orqali amalga oshadi. Bunda oldin nutq shifri qabul qilinadi, soʼng qaytadan shifrlanadi. Retseptiv nutqda avval kishi til shakliga asoslanishi natijasida tushunib bir fikrga keladi.
Maʼlumot berish gapirish va fikrni yozma bayon qilishni oʼz ichiga oladi va ular produktiv nutq faoliyati, maʼlumot olish tinglab tushunish va oʼqishdan iborat boʼlib ular retseptiv nutq faoliyati turlari hisoblanadi. Ingliz tilida tinglab tushunish nutq faoliyatining turlaridan biri boʼlib hisoblanadi. Bu nutq faoliyati boshqa nutq faoliyati turlari bilan chambarchas bogʼliqtsir. Talaba tinglab tushunish koʼnikmasi qanchalik yaxshi egallanilgan boʼlsa, gapirish ham shuncha tezlik bilan rivojlanadi, aks holda teskarisi boʼladi. Inglizcha maʼlumotni qabul qila olgan talaba, talaba ingliz tilida uning mazmuniga moslashtirib maʼlumot beradi. Talaba mazmunni tushuna olmasa, javob qaytarishi qiyin. Tinglab tushunishda maʼlumot qabul qilinib, ichki nutq sodir boʼlsa, gapirishdan oldin ichki nutq, soʼng tashqi nutq yuzaga chiqadi. Ikkalasida ham talqin qilinadi, lekin gapirishdan oldin boʼlsa, tinglab tushunishda esa keyin boʼladi. Bu ichki nutqlarda tafakkur, xotira, idrok muhim oʼrin tutadi. Talaba oʼqigan, tinglagan, gapirgan materiallarini, maʼlumotini yozma ifodalaydi. Ular maʼlumotni yozma ifodalasa, uning xotirasida, yodida yaxshi qoladi. Gapirishi osonlashadi. Yozuv ham gapirish maʼlumotini, materialini esda qolishiga yordam beradi. Chet tili darslarida tinglab tushunishning bir qancha turlari mavjud bo`lib ular : diqqatli tinglash (attentive listening), keng qamrovli (comprehension), tanqidiy (critical), farqlovchi (discriminative), baholovchi (evaluative) mulohazali (judgemental), tavsiflovchi (reflective). Tinglab tushunish mashqlarining eng asosiy maqsadi, vazifasi- tanish til materiallari asosida tuzilgan notanish mazmunli matnni, nutqni tinglab tushunishdir, tinglab tushunish uchun beriladigan matndan ko’zlangan maqsadga ko’ra yuqorida berilgan tinglab tushunish turlaridan foydalaniladi. Bunda o’qituvchidan matnni tanlashda o’quvchining yoshini, bilim darajasini, tinglab tushunishdan ko’zlangan maqsadni to’g’ri qo’ya bilish mahorati talab qilinadi. Bugungi kunda xorijiy tilda muloqot bilan bir qatorda tinglab tushunishni oʼrgatishda mashqlarning kommunikativ-funktsional, emotsional–kognitiv funktsiyalarini hisobga olish va ularni oʼquv mashgʼulotlari jarayonida qoʼllash chet tili oʼqitish samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biri sifatida tan olinmoqda. Tinglab tushunish uchun berilgan audiomatnni mustahkamlash asosan quyidagi mashqlar tashkil qilinadi: a) matn parchasini qisqartirib gapirish; b) matndagi qiziqarli soʼzlarni chet tilida izohlash; v) matn parchasiga sarlavhalar qoʼyish; g) eshitilgan oʼzbekcha jumlani chet tilidagi matndan topish; d) oʼrni almashtirilib qoʼyilgan matn parchasini mantiqiy tartibda joylashtirish; e) eshitilgan matndagi voqea-hodisalarga oʼz munosabatini bildirish; g)oʼqituvchi bergan savollarga javob tuzish; h) matn mazmunini rejaga qarab gapirib berish; j) matn parchasini oʼqib, audio-vizual vositalarni namoyish qilish. Bunday mashqlar mustahkamlovchi faoliyat guruh boʼlib, hamkorlikda uyushtiriladi, natijalar muhokama qilinib, yakuniy xulosalarga kelinadi va belgilangan vaqtdan soʼng, ogʼzaki taqdimot tashkil qilinadi. Bunda oʼqituvchi quyidagi mashq turlaridan saralab foydalanishi mumkin: Notanish soʼzlarni tushuntirish va mustahkamlash mashqlari, lugʼat bilan ishlash mashqlari, maʼno tashuvchi soʼzlar bilan jumlalar tuzish, matn parchasini qisqartirib gapirish, matndagi qiziqarli soʼzlarni chet tilida izohlash, matn parchasiga sarlavhalar qoʼyish, eshitilgan oʼzbekcha jumlani chet tilidagi matndan topish, jumlalarning oʼrni almashtirilib qoʼyilgan matn parchasini mantiqiy tartibda joylashtirish, eshitilgan (oʼqilgan) matndagi voqea-hodisalarga oʼz munosabatini bildirish, matn boʼyicha savollar tuzish, ularga javob berish, matn mazmunini rejaga qarab gapirib berish. Tinglab tushunishga oʼrgatish darsining mustahkamlash bosqichida : Lugʼat bilan ishlash avvaldan belgilangan oʼquvchilar guruhlarida amalga oshiriladi. Oʼqituvchi tinglangan matnni bir necha raqamlangan parchalarga boʼlib, oʼquvchilar guruhlariga tarqatadi. Har bir guruh oʼz parchasidagi notanish soʼzlar tarjimasini oʼzaro boʼlib olgan holda topishadi. Bunda guruhdagi har bir oʼquvchiga lugʼatdan 1-2 tadan notanish soʼzni topishi va umumiy qogʼozga yozishi kerak boʼladi. Har bir guruh oʼzlariga ajratilgan parchadagi notanish soʼzlarni aniqlab olishgach, hamkorlikda ishlab, parchada ifodalangan mazmunni aniqlab oladilar va uni lugʼat yozilgan qogʼoz ostiga yozib qoʼyishadi. Oʼqituvchi tomonidan aytilgan maʼno tashuvchi soʼz va iboralar bilan jumlalar tuzish. Bunday ish ham guruh boʼlib, hamkorlikda bajariladi. Ish yakunlangach, har bir guruhdan bir oʼquvchi oʼz jumlasini taqdimotini qiladi, barcha oʼquvchilar uni muhokama qilib, oʼqituvchi boshchiligida yakuniy natijaga kelishadi. Mashqlar 2 turga boʼlinadi: Maxsus boʼlgan va Maxsus boʼlmagan Maxsus boʼlmagan mashqlar– nutqiy mashgʼulot (zaryadka), soʼz semantizatsiyasi, grammatik taqsimot, muallim nutqi, nutqni tasmaga yozish mashqlari kiradi Maxsus mashqlar oʼz navbatida tayyorlov va sof nutq mashqlariga boʼlinadi: Tayyorlov mashqlari – tinglashga qadar bajariladigan mashqlar boʼlib, ular, asosan, talabaning audio matnni tinglashgacha boʼlgan jarayonda bajaradigan mashqlarni oʼz ichiga oladi. Sof nutq mashqlari – kommunikativ vaziyatni oʼtovchi, audiomatnni tinglash jarayonidagi bajariladigan mashqlarni oʼz ichiga oladi. Maʼlumki, chet tili darslarida tinglab tushunish beshta bosqichda amalga oshiriladi: 1. maʼlumotni qabul qilish, yaʼni eshitish, 2. maʼlumotni tushunish, 3. maʼlumotni yodda saqlash, 4. maʼlumotni baholash 5. maʼlumotga javob qaytarish . Ushbu bosqichlarni toʼliq amalga oshirish va oʼquvchilarning tinglab tushunish koʼnikmasini rivojlantirish maqsadida oʼqituvchi matnni tinglashga qadar (pre), tinglash jarayonida (while) hamda matn tinglab boʼlingach (post) beriladigan mashqlar va topshiriqlardan oqilona foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Gapirish boshqa nutq faoliyati turlari bilan chambarchas bogʼlangandir. Oʼquvchi tinglab tushunish malakasini qanchalik yaxshi egallagan boʼlsa, gapirish ham shuncha tezlik bilan rivojlanadi. Oʼquvchi mazmunini qabul qila olmasa, tushuncha olmasa maʼlumot-javob qaytarish qiyin. Oʼqish, gapirish bilan aloqador. Oʼquvchi oʼqigan maʼlumot orqali gapiradi, maʼlumot beradi. U qanchalik koʼp oʼqisa, shuncha gapirish uchun maʼlumot toʼplaydi. Oʼqish – gapirish uchun maʼlumot manbai hisoblanadi. Oʼquvchi yozuv orqali oʼqigan, tinglagan, gapirgan materiallarini, maʼlumotini yozma ifodalaydi. Yozuv ham gapirish maʼlumotini, materialini esda qolishda yordam beradi. Demak, gapirish boshqa nutq faoliyatlari bilan uzviy bogʼliq. Har qanday faoliyatni oʼrgatish paytida mashq markaziy oʼrnini egallaydi. Tayyorlovchi va nutq mashqlari gapirish koʼnikma va malakasini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish vazifalarini oʼtaydi. Tayyorlov deganda, gapirishning leksik, grammatik, talaffuz koʼnikmariga dahldor mashqlar tushuniladi. Ular til hodisalarining shakliy (formal), maʼnaviy (semantik), qoʼllanish (funktsional) qiyinchiliklarni oldini olishga, sodir boʼladigan xatolarni toʼgʼrilashga harakat qiladi. Nutqiy mashqlarda esa tayyorlanmagan va tayyorlangan nutq sodir etiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling