Tayyorlangan nutq mashqlari:
taqlid qilish,
shaklini oʼzgartirib aytish,
jumlani taqlidiy yoki mustaqil tuzish va ularni guruhlab aytish.
Nutqiy mashqlar: tayyorlangan mashqni malakalarini oʼstirishga moʼljallangan mashqlar:
Tayyorlanmagan nutqni oʼrgatish mashqlar:
ona tilidagi hikoya, rasm, ovozsiz film axborot asoslariga tayanib gapirish,
oldin koʼrgan yoki oʼqigan. Oʼylagan, hayolidan oʼtkazgan fikr-mulohazalaridan tarkib topgan hayot tajribasiga kelib chiqib gapirish.
Oʼqish – kishilarning kommunikativ ijtimoiy faoliyati sohasiga taalluqli boʼlib, unda u yozma shakldagi soʼz orqali muomalani taʼminlaydi. Oʼqishda boshqa har qanday faoliyatdagi kabi, mazmun va jarayon rejalari mavjud boʼlib, birinchisiga doimo katta ahamiyat beriladi. Faoliyatning predmet mazmunini tashkil qiluvchilar oʼqishning mazmun rejasi sanaladi. Faoliyat jarayonining elementlari oʼqishning jarayon tomoni hisoblanadi.
Psixologik tadqiqot natijasiga koʼra, oʼqish paytida koʼrish-yozuv va nutq harakat sezgilari oʼrtasida bevosita aloqa paydo boʼladi. Oʼqishning psixologik mexanizmi koʼrish yozuv va nutq harakat sezgilarini oʼz ichiga oladi. Ularning oʼzaro birga bu faoliyatda ishtirok etishi oʼqish paytida maʼlumot olishni taʼminlaydi. Oʼqishning 2 tomoni-oʼqish texnikasi va oʼqilganining mazmunini tushunish birligini belgilaydi.
Oʼqish doimo tayyor holda nutq axborotini idrok qilishga maʼlumot olishga yoʼnalgan boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |