Maktab darsliklaridagi mashqlarni o’quvchi bilim darajasiga moslash mezonlari’’
Download 0.49 Mb.
|
Maktab darsliklaridagi mashqlarni ōquvchi bilim darajasiga moslash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozuvga (imloga) oʼrgatuvchi mashqlar.
Yozishga oʼrgatuvchi mashqlar.
Har qanday tovush va uning yozilishini oʼrgatish uning grafik timsolini (harfni) koʼrsatish, uni talaffuz qilish va yozish mashqlari orqali oʼrgatiladi. Yozishga oʼrgatuvchi mashqlar metodik adabiyotlarda quyidagicha tasnif qilinadi: Tovush- harf tahlili mashqlari; Koʼchirish mashqlari; Eshitib yozish (imlo diktantlar) mashqlari; Erkin va ijodiy yozma ishlar (fikrni yozma ifodalash); Chinakkam yozuv mashqlari (xat, maqola, hodisalarni tasvirlash); Yozishga oʼrgatuvchi oʼyin mashqlari; Hikoya (matn) rejasini yozish; Oʼqilgan matnga annotatsiya yozish mashqlari. Bunday mashqlar yozuvga (imloga) oʼrgatuvchi va yozma nutqqa oʼrgatuvchi (fikrni yozma bayon qilishga) oʼrgatuvchi mashqlar sifatida talqin qilinadi. Yozuvga (imloga) oʼrgatuvchi mashqlar. Yozishga oʼrgatishda uyga beriladigan yozma mashqlar muhim axamiyatga ega. Ular oʼrganilgan materialni xotirlashga, mustahkamlashga yordam beradi. Fikrni yozma bayon qilishga (yozma nutqqa) oʼrgatuvchi mashqlar. Yozma nutqqa oʼrgatuvchi mashqlar bayon, hikoya, tasvir, insho, xat yozish kabi shakllarda tashkil qilinadi. Аvval tinglangan, oʼqilgan, yod olingan jumlalar yoki matnni yozma bayon qilish bunday mashqlarning asosini tashkil qiladi. Ular quyidagi ketma-ketlikda tashkil qilinadi: Oʼqilgan yoki tinglangan matnni tayanch soʼzlarga qarab va qaramasdan qisqartirib yozish; Matn mazmuniga mos holda uni boshqa soʼzlar bilan yozish; Zarur nutq namunalarini tanlab, matn mazmunini qismlarga ajratib yozish; Oʼqilgan yoki tinglangan matn mazmuniga tayanib bayon, xat, maqola yozish; Yuqori sinflarda muayyan mavzu buyicha oʼz fikrini yozma ifodalab, insho yozish. Yozma nutqqa oʼrgatishda chet ellik doʼstga pochta yoki internet orqali xat yozish amali keng qoʼllaniladi. Xat ogʼzaki nutq jarayonida oʼzlashtirilgan mavzular doirasida yozma fikr bayoni boʼlib, oʼquvchilar namunaga qarab leksik birliklarni tanlaydilar, oʼzi, maktabi, oilasi, shahri (qishlogʼi), vatani haqida xat yozib, uni toʼgʼri rasmiylashtirishga oʼrganadilar. Bu oʼrinda yozuvga xos muomila soʼzlar, tabriklar, minnatdorchilik bildirish, xat yakuni, uning yozilgan kuni, manzilgohni yozish singari jihatlariga alohida eʼtibor beriladi. Yozma nutqqa oʼrgatishda har bir sinfda oʼquvchilarning koʼnikma va malakalarining shakllanish darajasiga qarab yozishga, yozma nutqni oʼstirishga yoʼnaltirilgan mashqlarning xususiy tartibi belgilanadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling