Maktab darsliklaridagi mashqlarni o’quvchi bilim darajasiga moslash mezonlari’’


Download 0.49 Mb.
bet4/16
Sana30.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1073065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Maktab darsliklaridagi mashqlarni ōquvchi bilim darajasiga moslash

Masalan: a map, a pen, a pencil, a table, to go, to sit, to write ni olsak; a map, a pen, a pencil, a table soʼzlari- ni oʼrgatishdagi qiyichiliklari shundaki, ularni oʼquv- chi oʼz koʼzi bilan yoki rasm orqali koʼrsa yaxshi qabul qiladi, to go, to sit, to come, to write larga esa rasm koʼrsatish qiyinroq, bu yerda harakat orqali koʼrsatish maqsadga muvofiqdir.
Demak bu 8 ta soʼzni 2 tipga ajratib maʼnosini ochishga 2 xil mashq:
1) rasmlar yoki predmetning oʼzini ko’rsatish mashqi
2) harakatni koʼrsatish mashqidan foydalaniladi.
O’rta umumta’lim maktablarida muloqot koʼnikma va malakalarini shakllantirishda yangi leksikaga oʼrgatish mashqlari quyidagi printsiplar asosida tashkil qilinadi:

    • Muloqot jarayonida soʼzning qaysi soʼz turkumiga kirishligini, uning rodlarda, shaxslardagi, zamonlardagi shaklini oʼzlashtirib olish;

    • Muloqotda soʼzning qaysi muloqot mavzusida ishlatilishini bilib olish;

    • Muloqotda soʼzning qoʼshimchalar orqali yangi soʼz yasash imkoniyatini oʼrganib olish;

    • Muloqotda soʼzning gap tuzishda ishtirok eta olish imkoniyatini oʼrganib olish;

    • Soʼzning koʼp maʼnoli boʼlishligini oʼrganib olish;

    • Soʼzni sinonimlari, antonimlari bilan almashtirishni oʼrganib olish;

    • Muloqot jarayonida leksik birliening talaffuzini, grammatik-morfologik xususiyatlarini oʼrganib olish.

Leksik birliklar orqali muloqot koʼnikma va malakalarini shakllantirish va mustahkamlashni anʼanaviy metod va usullarda, aralash metod va usullarda va kommunikativ metod va usullarda tashkil qilinishi mumkin.
Аnʼanaviy oʼqitish metodikasida yangi leksikani tushuntirish va amalda qoʼllash oʼquvchilarning uch bosqichli faoliyatini tashkil qilish va boshqarishni orqali uyushtiriladi:
1–bosqichda oʼqituvchi yangi soʼzlarni tushuntiradi.
2-bosqichda ularni jumlalar ichida qoʼllashni mashq qildiradi.
3–bosqichda ularni erkin nutq vaziyatida qoʼllashni mashq qildiradi..
Yangi leksikani tushuntirish anʼanaviy oʼqitish metodikasida uning shaklini oʼrganishdan boshlanadi. Soʼzni shakli deganda uning koʼrinishi, yozilishi, oʼqilishi, talaffuz qilinishi tushuniladi. Yangi leksikani oʼrgatish uning maʼnosini ochishdan, yaʼni tushuntirishdan boshlanadi. Bu asosan ikki usulda :
a) Tarjima orqali tushuntirish;
b) Tarjimasiz tushuntirish orqali amalga oshiriladi.
Yangi soʼzni tarjima orqali tushuntirish 3 usulda tashkil qilinadi:
1-usul: chet tilicha soʼzning maʼnosiga mos keladigan asosiy maʼnosini, yoki mos keladigan ekvivalentini toʼgʼridan-toʼgʼri ona tilida ogʼzaki berish yoki doskada tarjimasini yozib qoʼyish;
2- usul: soʼzning ikkita maʼnosini berish;
3-usul: tarjima – izoh, orqali soʼz manosini ochish.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling