Мактаб директорининг суҳбати


SAF MAShQLARI. UMUMIY TUShUNChALAR


Download 104.5 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1545731
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
20-MAVZU

SAF MAShQLARI. UMUMIY TUShUNChALAR.

Saf mashqlari - bu shug‘ullanuvchilarning ma’lum bir safda birgalikdagi yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg‘ulotni tashkil etish, marom va sur’at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi,jamoa bo‘lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi.


Bu mashqlar kishi qad-qomatini to‘g‘ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo‘lgan talabchanlik intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi.
Saf mashqlari to‘rt guruhga bo‘linadi:
1. Saf usullari.
2. Saflanish va qayta saflanish.
3. Joydan-joyga ko‘chish usullari.
4. Orani ochish va yaqinlashtirish.
JISMONIY TARBIYa DARSINI TAXLIL QILIShNING NAMUNAVIY REJASI

Darsning o‘tilish vaqti............................................................


Sinf...........................................................................................
Darsning turi............................................................................
Darsdagi o‘quvchilar soni…..………………………………...
Dars o‘tuvchi................................................................................
Taxlil olib boruvchi................................................................
1._________________________________________________
2._________________________________________________
3._________________________________________________
I. PEDAGOGNING DARSGA TAYYoRLANIShI

Darsga tayyorgarlik deganda, birinchidan, dars konspektini yuqori saviyada ishlab chiqib oqqa ko‘chirish va darsning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bevosita tayyorgarlik ko‘rish /darsni moddiy-texnik tomondan ta’minlanishi va o‘quvchilar, o‘qituvchi yordamchilari, navbatchilar, gruppa boshliqlarini tayyorlash/ nazarda tutiladi. Shuning uchun taxlil qilayotganda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi.


I. Dars konspektining muhayyoligi, uning har dars ish rejasiga muvofiqligi, aniq ishlab chiqilganligi va tashqi ko‘rinishi:
a) dars vazifalarining dastur talablariga muvofiqligi, aniqligi, to‘g‘ri ifodalanganligi, har tomonlamaligi (shug‘ullanuvchilarning har tomonlama va garmonik rivojlanishini ta’minlashi);
b) konspekt mazmunida kerakli vositalarning to‘g‘ri tanlanishi (darsning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlarida vositalarning, shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayergarlik darajasiga, tanlangan vositalarning dars vazifalariga muvofiqligi dars vazifalariga vositalarning o‘zaro va mashg‘ulot o‘tkaziladigan sharoitga muvofiqligi);
v) mashqlarni miqdorlash va ularning ketma-ketligi;
g) konspektning tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalari bo‘limida:
darsni tashkil etish; o‘tkazish metodikasi, sharoitlari bo‘yicha qanday ko‘rsatmalar berilgan, ularning to‘g‘riligi, maqsadga muvofiqligi, ifodalanishi va hokazo misollar bilan tasdiqlanadi.
2. Dars o‘tkazish joyi, o‘quv qurollari va anjomlarining tayyorligi va ularning sanitariya-gigiena xolati.
3. O‘qituvchi va o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi.
4. Navbatchi va gruppa boshliqlarning oldindai tayyorgarliklari.
5. Darslardan ozod qilingan yoki kasalligi bo‘yicha miqdorlab beriladigan o‘quvchilarga darsdan oldin beriladigan ko‘rsatmalar.



Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling