Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar


Germaniya ilmiy universal kutubxonasi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana01.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1418562
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
kutubxona

Germaniya ilmiy universal kutubxonasi 17 asrda, ya’ni 1661 yilda saroy 
kutubxonasi sifatida tashkil etilgan. Berlin davlat kutubxonasi dunyoga kitoblar va 
notali nashrlarning standart raqamlashishini tarqatishga xizmat qiladigan Xalqaro ISSN 
va ISMN-agentlik ishi uchun mas’uldir. Germaniya ilmiy universal kutubxonasida 1 
yilda 1,5 million sahifa skaner qilinadi. 
Dunyo kutubxonalari 
“Book Mountain and Library Quarter” nomli kutubxona (Niderlandiya) 
Gollandiya shaharlaridan birida joylashgan. Kub ko‘rinishida barpo etilgan bu binoning 
tomiga xuddi piramida joylashtirilgandek ko‘rinadi va bu noodatiyligi bilan shahardagi 
boshqa binolardan ajralib turadi.”Book Mountain” ya’ni “kitoblar tog‘i” iborasi aynan 
kutubxona nomi uchun bejiz tanlanmagan. Sababi bu binoning ichiga kirishingiz bilan 
zalning o‘rtasida kitoblardan tog‘ni yodga soluvchi shakl yaratilganining guvohi 
bo‘lasiz. Kutubxonadagi kitoblar bir necha bo‘limlarga ajratilgan bo‘lib, bu qidirgan 
kitobingizni tezda topish imkonini beradi. Yana shunisi ahamiyatliki, kutubxona binosi 
yorug‘lik to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi yerda barpo etilgan. SHu sabab kunduz kunlari 
kutubxona uchun hech qanday chiroqning keragi yo‘q. 
Birmingemdagi yangi kutubxona (Angliya) Buyuk Britaniyaning eng katta 
kutubxonasi, Yevropaning esa eng katta ma’naviy markazlaridan biri sanaladi. Ushbu 
kutubxona dizayni gollandiyalik arxitektorlar tomonidan yaratilgan. Binoning old 
tarafdan ko‘rinishi noodatiy: oddiygina halqalar yordamida chiroyli ko‘rinishga ega 
naqshlar yaratilgan va bu naqshlar binoga o‘zgacha chiroy baxsh etgan. Kutubxona bir 
necha qavatdan iborat bo‘lib, bu yerda britaniyalik yozuvchilar kitoblari hamda jahon 
adabiyoti durdonalari bilan tanishish mumkin. Vennesl kutubxonasi Norvegiyaning 
madaniyat 
markazlaridan 
biri hisoblanadi. Bu kutubxonani so‘zsiz eng 
zamonaviylaridan biri deya atash mumkin. Sababi bu yerda kutubxona bilan birgalikda 
kafe, bir qancha konferentsiyalar zali va o‘quv markazi ham faoliyat yuritadi. Bundan 


19 
tashqari, bu yerda Norvegiyaning eng katta arxivi mavjud. Kutubxona doimo o‘z 
kitobxonlari uchun ochiq.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling