Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
kutubxona
istiqbollari:
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalari faoliyatini ham zamonaviy talablar va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda qayta tashkil etish, takomillashtirish talabini kun tartibiga qo‘ymoqda. Negaki, ular ta’lim tizimi mazmuni va shaklan yangilanayotgan bir pallada hosil bo‘layotgan kuchli informatsiya oqimini qabul qilish, jamlash va o‘z o‘rnida ularni keng jamoatchilik, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarga eng manzur yo‘llar bilan taqdim etishdek muhim vazifani bajarishlari lozim. Bu birinchi galda o‘quv adabiyotlari, me’yoriy hujjatlar, metodik qo‘llanmalar va bevosita ta’lim jarayoniga taaluqli bo‘lgan boshqa manbalar hisoblanadi. Respublika maktab kutubxonalari tomonidan bolalarni kitobxonlikka o‘rgatish, ijodiy faoliyatga jalb etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimli, ma’naviy komil shaxs etib shakllantirish borasida ma’lum ishlar bajarilmoqda. Jumladan, fanlar oyliklari, ma’lum sanalar munosabati bilan o‘tkaziladigan anjumanlar, turli mavzularda tashkil etiladigan ko‘rgazmalar, yangi kitoblar taqdimoti kabi ommaviy tadbirlar yil sayin o‘quvchi va o‘qituvchilarni maktab hayotining ajralmas qismiga aylantirib bormoqda. Respublika miqyosida bir necha yillardan buyon “Eng yaxshi maktab kutubxonasi”, “Eng yaxshi kitobxon – kitoblar bilimdoni” ko‘rik-tanlovlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Bu maktablar kutubxonalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirishda muhim vosita bo‘lmoqda. Lekin ta’lim sohasida kutubxonachilik faqatgina yuqorida sanab o‘tilgan ishlar bilangina takomillashib, rivojlanib qolmaydi. Muammolar hali ko‘p. Maktab kutubxonalarining kitob jamg‘armalarini to‘laqonli shakllantirish va ularni zamonaviy texnikalar bilan jihozlash, jarayonni avtomatlashtirish, shuningdek, maktab kutubxonalari xodimlarining nazariy va texnik malakalarini oshirish, ularda axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil etish bugungi kunda oldimizda turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Hozirda ta’limni modernizatsiyalashga jadal kirishilgan. Ushbu jarayon jamiyatni tezkor axborotlashtirish, o‘quv nashrlari bozorini barpo etish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish fonida yuz bermoqda. Bularning barchasi umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kutubxonasini maktabning ajralmas tarkibiy qismiga, chinakam axborot ta’minoti markaziga, shaxsning axborot olish madaniyatini shakllantiradigan bazasiga aylantirishni taqozo etadi. Ushbu vazifalarni bajarish yo‘lida joriy “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 15 kutubxonalari faoliyatini takomillashtirish o‘quv yili”da xalq ta’limi tizimida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish kontseptsiyasi” tasdiqlandi. Unga muvofiq ravishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kutubxonalarini rivojlantirishning asosiy g‘oyasi, ta’lim sifatini oshirishda eng muhim omil bo‘lgan yagona axborot muhitini vujudga keltirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar va vazifalar mazmuni belgilab olindi. Joriy o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalarini rivojlantirish dasturi” doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarining me’yoriy- huquqiy bazasini takomillashtirish, ularni axborotlashtirish, ta’lim jarayonini ilmiy- metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi markazlarga aylantirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling