Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar
Klassifikasiyaning asosiy bo‘limlari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
kutubxona
Klassifikasiyaning asosiy bo‘limlari
Kutubxonalarda qo‘llanilayotgan universal klassifikasiyalarga o‘xshab maktab kutubxonalari uchun mo‘ljallangan kutubxona-bibliografik klassifkasiya ilm fan rivojlanishini muayyan darajasini aks ettiribgina qolmay, uni istiqbollarini, bir-biri biloan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Mazkur klassifikasiya O‘zbekistonni o‘ziga xos milliy an’analarini hisobga olib, milliy mafkura, iqtisod, siyosiy va madaniy hayotga erishilgan yutuqlarni ko‘rsatibgina qolmasdan, jahondagi mamlakatlarning rivojlanish tajribalarini, yutuqlariko‘rsatibgina qolmasdan, jaxondagi mamlakatlarning rivojlanish tajribalarini, yutuqlarini ham namoyon etadi.Fanlarning obekti, tadqiqot usullari, obektning xossalari, jarayonlari, munosabatlari, tarixiy davri jadvallarni bo‘lim va bo‘limchalarga bo‘linishi uchun asos qilib olindi. Unda namunaviy bo‘linishlar, havola , alfavit –predmet ko‘rsatkichi va boshqa yordamchi manbalar berilganki, ular jadvallardan foydalanishni osonlashtiradi. KBK jadvalining tuzilishi Bolalar va maktab kutubxonalari uchun atalgan.KBK jadvallari asosiy jadvallar va namunaviy bo‘linish jadvallari tizimidan iborat. Ular birgalikda kengaytirilgan jadvallarni tashkil etadi. Bolalar va maktab kutubxonalari uchun tuzilgan jadvallar KBK ning boshqa variantlari tuzilishiga o‘xshaydi. Lekin ushbu jadvallar bolalar va maktab kutubxonalariga mo‘njallanganligi uchun asosiy va yordamchi jadvallarga yetarlicha o‘zgartirishlar, qisqartirishlar, uslubiy qo‘shimchalar, tavsiyalar kiritilgan. Birinchi qatorda «Umumiy va sohalararo bilimlar» berilgan bo‘lib, jadvalning keyingi bo‘limlari ilmiy bilimning uch asosiy yo‘nalishini: tabiiy fanlar, amaliy fanlar (texnika (3)), qishloq xo‘jaligi (4), medisina (5), ijtimoiy va gumanitar fanlarni o‘z ichiga oladi. Ularni mantiqan ketma-ket joylashuvi rivojlanish qonuniyatiga aoslangan. Jadvalning oxirida universal mazmunga ega bo‘lgan adabiyotlar joylashtiriladi. Klassifikasiyaning xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha bilimlar majmuasi fan sohalarining bo‘linishiga asoslanib, alohidabo‘limlarni hosil qiladi. Bo‘lim ichida yanada mayda bo‘linma va bo‘limchalar borki, bularning har birida muayyan sohaga oid hujjatlar jamlanadi. 24 Masalan, tabiiy fanlar bo‘limida fizika, matematika, biologiya va boshqalar joylashsa, uning bo‘limchalari, masalan,matematika ichida oliy matematika, arifmetika, algebra bo‘limlari tashkil etiladi. Bo‘linishi shu tartibda davom ettirsa bo‘ladi. Bolalar va maktab kutubxonalari uchun atalgan KBK jadvallarida matbuot asarlarini kutubxona fondida joylashtirish osonlashtirish maqsadida bo‘limlarni yiriklashtiribberishga harakat qilinib, bunda asosan bo‘linishni birinchi va ikkinchi me’yorlari ishlatilishiga e’tibor berildi. KBK jadvallarining asosiy qatori arab raqamlari bilan belgilangan va quyidagicha joylashgan: 1. Umummilliy va sohalararo bilimlar 2. Tabiiy fanlar 20.Umumiy tabiiy fanlar 22.Fizika-matematika fanlari 24. Ximya fanlari 26. Yer xaqidagi fanlar 28. Biologiya fanlari 3. Texnika. Texnika fanlari 4. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi 5. Sog‘liqni saqlash. Meditsina fanlari 6-8. Ijtimoiy va gumanitar fanlar 60. Umuman ijtimoiy fanlar 63. Tarix 65. Iqtisod 67. Davlat va xuquq 68. Harbiy fan. Harbiy ish 70-79. Madaniyat.Fan . Maorif 80-84. Filologiya fanlari. Badiiy adabiyot 85. San’at 86. Dinshunoslik. Din 87. Falsafa fanlari 88. Psixologiya 9. Universal mazmunli adabiyotlar. KBK da bilim sohalari turkumlari bo‘yicha aniq auxta guruxlashtirilgan bo‘lib, tabiatni o‘rganadigan fanlardan jamiyatni o‘rganadigan fanlarga o‘tib ketma-ket joylashtirilgan tabiat haqidagi fanlar iblan jamiyat haqidagi fanlar o‘rtasida kishilik jamiyatining tabiatga ta’sir qilish vositalari va qonunlarini o‘rgandigan texnika, qishloq xo‘jaligi. Medisina singari amaliy biimlar joylashadi. Ular tabiat haqidagi fan turkumlarining jamiyat haqidagi fan turkumlari bilan o‘zaro bog‘lanadi. KBK ning va maktab kutubxonlari uchun jadvallariga quyidagilar ilova qilinadi: 1) 8-9 yoshdagi o‘quvchilar uchun SK adabiyotlar strukturasi; 2) 10-11 yoshdagi o‘quvchilar uchun SK adabiyoti strukturasi ; 3) bolalar kitobxonligi rahbarlari uchun SK adabiyoti strukturasi; 4) maktab kutubxonalarida o‘qituvchi 25 uchun ilmiy metodik va pedagogik adabiyotlar uchun SK strukturasi; 5) nota nashrlari Sk strukturasi ; 6) yozib olingan asarlar SK strukturasi. Jadvallar ommaviy kutubxonlar uchun KBK varianti bilan yagona negizga ega bo‘lib, ularga yaqinlashtirilgan. Ammo rubrika tanlash va ularni ifodalashda bolalar kutubxonlariga mo‘ljallangan jadvallarning o‘ziga xosligi maktab dasturining ta’siri, bolalar adabiyotining mazmuni, o‘smir kitobxonlar psixologiyasining xususiyatlari, ularning bilim olish imkoniyatlari va qiziqishlari bilan izoxlanadi. Bolalar vam maktab kutubxonalari uchun KBK variantining o‘ziga xos xususiyati mazmun va tur alomati qayta-qayta takrorlanadigan, matbuot asarlarining ko‘p jihatlarini aks ettirishga mo‘njallangan tipavoy bo‘limlarining tanlab olishida ham seziladi. Masalan bunda ommaviy kutubxonalariga mo‘njallangan jadvallardan quyidagi umumiy tipavoy bo‘limmalar kiritiladi. V. Ilmiy-fan metadologiyasi. J. Ilmiy va madaniy aloqalar. U. Ixtirochilik, rasionalizatorlik. Ammo ommaviy kutubxonalar variantida bo‘lmagan va mazkur aldabiyotlarga kitobxonlarning nihoyatda qiziqishiga mos tushadigan 92. Bolalar va o‘smirlarning mustaqilligi tipavoy bo‘lim ham kiritiladi. KBK maktab o‘quvchilari bo‘lgan kitobxonlar ko‘z o‘ngida hozirgi zamondagi insoniyat bilimlarini ilmiy mantiqiy aloqada va birlikda butun boyligi va turli-tumanligi bilan namoyon etadi, KBK jadvallaridan bolalar kutubxonasi uchun kutubxona klassifikasiyasi jadvallarini ishlab chiqish nazariyasi va ulardan foydalanish tajribasida qo‘lga kiritilgan barcha ijobiy narsalar o‘rin olgan. Shu munosabat bilan yangi klassifikasiya sistemasi maktabdagi ta’lim doirasidan chiqib ketadigan mavzularni ham qamrab oladi Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling