Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar
Kitoblarni joylashtirish. Bolalar kutubxonasi klassifikasiyasi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
kutubxona
Kitoblarni joylashtirish. Bolalar kutubxonasi klassifikasiyasi.
Maktab kutubxonalarida maktab jamg‘armalari to‘g‘ri joylashtirishning asmosiy talablari. Hozir mamlakatimiz barcha kutubxonalarida, jumladan bizning respublikamizda ham kitob jamg‘armalaridan ochiq foydalanish usuli qo‘llanilmoqda.Kitobxon-o‘quvchilar uchun tashkil etiladigan ochiq jamg‘arma adabiyotlarning yaxshi targ‘ib qilinishini ta’minlaydi, bolalarlardagi qiziqishni rivojlantirishga, ularning tashabbuskorligi va mustaqilligini o‘stirishga imkon tug‘diradi. Ochiq jamg‘arma jovonlariga qo‘yilgan adabiyotlar turli yoshdagi bolalarga mo‘njallangan eng yaxshi asarlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Shuning uchun jovonlarda eskirgan adabiyotlar bo‘lishiga aslo qo‘yish mumkin emas. Kutubxonada rezerv jamg‘arma ajratilgan bo‘ladi. Ularga dublet nusxalar, ancha ilgari chop etilgan nashrlar, shuningdek ma’lumotnomalari bajarish uchun zarur bo‘lgan, biroq bolalarga keng tavsiya etishga mo‘ljallangan kitoblar kiradi. Kutubxonachi, o‘quvchilar va tarbiyachilarga mo‘ljallangan barcha adabiyotlar ham rezerv jamg‘armada bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘njallangan adabiyotlarning joylashtirish. Kitoblarni ochiq jag‘arma sharoitda joylashtirish ham bolalarning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘njallangan kitoblar illyusratsiyali mavzu kataloglarga muvofiq holda mavzular bo‘yicha joylashtiriladi: «Biz nimani o‘qishimiz kerak», «Bolalarga do‘stlik haqida», «Mehnat qahramonlari», «Biz qanday yashashimiz to‘g‘risida, «Bolallarga xayvonlar xaqida», «She’rlar», «Hikoyalar», «Ertaklar», «Biz yashayotgan mamlakat», va boshqalar. 4-5, 6-8, 9-10- sinf o‘quvchilarigamo‘njallangan kitoblar turlari qabul etilgan sinf sistemasiga muvofiq joylashtiriladi. Kitoblarning jamg‘armadan o‘zlariga kerakli kitoblarga tez va oson tipishlari uchun ba’zi bo‘limlarni ular indekslarining raqamli belgilari tartibda emas, balki mazmun jihatidan turdosh bo‘limlari bir-biriga yaqinlashtirishusuli bilan joylashtirish tavsiya etiladi. Bo‘limlarning ichida barcha kitoblar alifbo tartibida joylashtirish kerak. Javonlarda badiiy adabiyot quyidagi bo‘limlar bo‘yicha guruhlanadi : «O‘zbek adabiyoti», «Chet el adabiyoti», «Boshqa xalqlar adabiyoti», «Sarguzasht va fantastika » kabi bo‘limlar ajratib ko‘rsatiladi. Har bir kitob ochiq jamg‘armada 2-3 nusxada bo‘lishi kerak. Maktab dasturlarining ayrim bo‘limlarini o‘rganish vaqti bilan ochiq xolda nusxalar miqdori ma’lum davrga oshirilishi mumkin. Eng yaxshi yozuvchilarning kitoblari maxsus javon bo‘lgichlari bilan ajratib qo‘yiladi. 22 Ularda mazkur yozuvchining surati, hayot sanalari, asosiy asarlarning ko‘rsatkichlari yoki u xolda yozilgan kitoblar joy olgan bo‘ladi. Kitoblarning jamg‘armadan bemalol foydalanishlari uchun jovonlar qulay joylashtirilmog‘i lozim. Jovonlar balandligi ma’lum yoshdagi o‘quvchilar bo‘yidan oshmasliga kerak. Ochiq jamg‘arma sharoitida sistemali katalogining axamiyati katadir. U yoki bu masalaga doir adabiyotlar haqida faqat katalog to‘liq tasavvur berishi mumkin, chunki ko‘pgina kitoblar kitobxonlarning qo‘lida bo‘ladi. Shuning uchun bolalarning katalogidan foydalanishlariga qulaylik tarzida kataloglarni kengroq targ‘ib qilish zarur. Jurnallar kitoblardan alohida bo‘ladi va nomlarning alfaviti bo‘yicha har nomning ichida esa nashr yillari, keyin esa tartib raqamlari bo‘yicha joylashtiriladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling