Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar


Sejon milliy kutubxonasi (Koreyada joylashgan)


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana01.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1418562
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
kutubxona

Sejon milliy kutubxonasi (Koreyada joylashgan). Kutubxona joylashgan maydon 
21000 kv. metrni tashkil qiladi. Bu bino 2013 yilda qurib bitkazilgan. Bir necha 
qavatdan iborat bu binoning birinchi va ikkinchi qavatlari dam olish hamda kitob 
o‘qish uchun mo‘ljallangan. Uchinchi qavatda turli konferentsiya va seminarlar 
o‘tkazish rejalashtirilgan. To‘rtinchi qavatda restoran joylashgan. Bu qavat orqali 
tomga chiqish imkoni mavjud bo‘lib, bu yerda kichik bir bog‘ barpo etilgan.
Sammamish shahri kutubxonasi (Vashington) o‘zining ajoyib dizaynga ega 
ekanligi bilan ajralib turadi. Bu yerda kitob mutolaasi uchun qulay o‘quv zali mavjud. 
SHuningdek, bu yer tarixni yodga soluvchi isitish tizimi bilan jihozlangan, dizayning 
zamonaviyligi esa kitobxonlar uchun birmuncha qulaylik yaratadi. Tarixni unutmagan 
holda zamonaviy kutubxona barpo etish arxitektorlarning maqsadi edi va ular bunga 
erishdilar. Braziliyadagi yangi kutubxona maydoni taxminan 22000 kv. metr bo‘lib, 
2013 yilda barpo qilingan. Bu yerda 17000 dona eng kam nusxadagi noyob kitoblar 
jamlanmasi mavjud. mazkur kutubxona ham bir necha qavatdan iborat bo‘lib, har bir 
qavat kitoblar uchun bir bo‘lim sanaladi. 
III.Ta’lim muassasasi maktab kutubxonalarining ish rejasi maqsadlar, 
vazifalar va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari. Ta’lim muassasasi maktab 
kutubxonalarining yillik ish rejasini tuzish. 
Kutubxonaning yillik va istiqbol ish rejalarini shakllantirish, ularni o‘z vaqtida 
sifatli bajarilishini nazorat qilish. Ta’lim muassasasi kutubxonasining ish rejasi 
maqsadlar, vazifalar va faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini, kutubxona ishining 
tematikasi, mazmuni, shakllari, metodlari, texnologiyasini, statistik ko‘rsatkichlar 
tizimida ifodalangan ishlar hajmini, kutubxona resurslarini: moliyaviy, moddiy-texnika, 
kadrlar, vaqtni belgilaydi. Ta’lim muassasasi kutubxonasi yillik ish rejasining asosiy 
funktsiyalari bo‘lgan axborot, ta’limiy, madaniy funktsiyalarini amalga oshirishga 
yo‘naltirilgan ko‘p turli ish shakllari, metodlarini aks ettiradi. 
Rejalashtirish bosqichlari maqsadlar va vazifalarni shakllantirish, ustuvor 
yo‘nalishlarni tanlash, rejaning shaklini ishlab chiqish faoliyatini nazorat qilish va 
baholash. 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling