Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar


Konsepsiyani amalga oshirish bosqichlari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana01.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1418562
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
kutubxona

5. Konsepsiyani amalga oshirish bosqichlari 
 
1- bosqich: maktab kutubxonalarini modernizasiya qilish va moddiy-texnika 
vositalari bilan ta’minlash, umumta’lim muassasasi rejalari asosida maktab 
kutubxonasi faoliyatini tashkil etish.
Maktab kutubxonasi faoliyatini axborot-kutubxona markazi sifatida faoliyati
to‘g‘risidagi me’yoriy huquqiy hujjatlar bazasi va “o‘qituvchi pedagog” lavozimi 
faoliyati yuzasidan (Ustav, Nizom, lavozim yo‘riqnomalari ) ni ishlab chiqish 
Muddat 2019-2020 yillar 
2 bosqich - maktab kutubxonalarining turli modellarini ishlab chiqish, tajriba 
sinovdan o‘tkazish va ularning sheriklari bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish 
maqsadida "Maktablar kutubxonalarini modernizasiya qilish" yo‘nalishi bo‘yicha 
shaharlarda resurs markazlarini yaratish.



Ta’lim muassasalari kutubxonachilari va o‘qituvchilar darajasida ishlarning 
turlarini integrasiyalash. Kutubxonachilik faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish, jumladan yangi tashkil etilishi 
ko‘zda tutilgan “o‘qituvchi- kutubxonachi” lavozimi misolida. 
“O‘qituvchi-kutubxonachi” va kutubxonachilar malaka oshirish kurslarini 
samarali tashkil etish, treninglar o‘tkazish. Tarmoq hamkorlari ishtirokida respublika 
doirasida kitobxonlarning turli toifalari bilan ish rejalarini amalga oshirish. 
Muddat 2019-2021 yillar. 
3 bosqich - maktab kutubxonalarining tajriba-sinovdan o‘tgan modellarini 
taqsimlash, tarmoqlararo hamkorlikni rivojlantirish orqali, tarmoq kutubxonalarining 
zamonaviy shakllari va usullarini qo‘llash tajribasi, kutubxonachilarning eng yaxshi 
tajribalarini to‘plash va chop etish.
Muddati: 2020-2021 g. 
 
6. Konsepsiyani amalga oshirishning ijtimoiy samaradorligi 
 
Ushbu konsepsiyani amalga oshirish ta’lim muassasalarini, shu jumladan maktab 
kutubxonalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi, bu esa 
fanlarni o‘qitishda sifatli o‘zgarishlarga olib kelishi, metodikani rivojlantirish va 
o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy taraqqiyotiga yordam beradi. 
Konsepsiyani amalda qo‘llash natijasida maktab kutubxonalarining turli 
modellari ishlaydi. Maktab kutubxonasi faoliyati fuqarolik jamiyati va yosh avlodni 
tarbiyalashga yordam beradi. 
Joylarda jamiyat vakillari va kitobxonlarning ijtimoiylashuvini mustahkamlash uchun 
axborot-ma’rifiy maskanlar yaratiladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling