Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar


 Maktab kutubxonalarini rivojlantirishda oldimizda turgan muammolar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana01.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1418562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
kutubxona

2. Maktab kutubxonalarini rivojlantirishda oldimizda turgan muammolar
Farzandlarimizning belgilangan ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida ta’lim 
muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari sotib olinadi. Bundan tashqari, maktab 
kutubxonalari fondlarini to‘ldirish uchun, fan va badiiy kitoblarini sotib olish uchun har 
yili moliyalashtiriladi. 
Tadqiqot natijalariga ko‘ra respublikamizda deyarli barcha umumta’lim 
maktablarida maktab kutubxonasi mavjudligi xulosa chiqarish mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, kutubxonalarning faqat 43 % o‘quv xonasiga ega.
Bundan tashqari, maktab kutubxonalarida fan adabiyotlari yetarli ekanligi va 
badiiy adabiyotlar, ma’lumotnoma, sohaga oid bo‘lgan boshqa adabiyotlar bilan 
to‘dirish uchun ehtiyoj katta ekanligi ma’lum. 
Hozirgi zamonda bolalar yozuvchilari tomonidan yaratilayotgan bolalar adabiyoti, 
shuningdek, vatanparvarlik va etnik-madaniy yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan 
kutubxonalarini ta’minlash rivoji ham oqsamoqda. 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, shahar maktab kutubxonalari va qishloq joylarining 
moddiy-texnika bazasi holati jiddiy farq qiladi.



Maktab kutubxonalarida zamonaviy texnik jihozlarash va o‘quv-tarbiyaviy 
ishlarni amalga oshirish uchun, multimediya va kompyuter texnikasi uchun bo‘sh joy 
va zamonaviy mebellarning mavjud emasligi ifodalangan. 
Mamlakatmizda ta’lim muassasalarining 76% i internet tarmog‘iga ulangan. 
Maktab kutubxonalarining 70 % ida maktab kutubxonachisi ish joyi kompyuter bilan 
ta’minlanmagan va multimediya uskunalari bilan - 42 % ta’minlangan xolos. 
Shuningdek respublika ta’lim muassasalarining 60% i kutubxonachilar va 
foydalanuvchilarning ish joylarida avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi 
mavjud emas,
64% maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun kompyuterlar yo‘q;
90% maktablarda elektron darsliklar yo‘q, elektron qo‘llanmalarga ega bo‘lgan 
darsliklarning mavjudligi esa 20% ni tashkil etadi.
Wi-Fi texnologiyasidan foydalangan holda maktab binosining istalgan joyidan 
internetga kirish faqatgina ta’lim muassasalarining 2% foizida ta’minlangan.
Bundan tashqari, elektron (raqamli) kutubxonalar, professional ma’lumotlar 
bazalari, ma’lumot olish va qidirish mexanizmlari va boshqa axborot resurslariga 
cheklangan kirish imkoniyati mavjud. 
Dasturiy ta’minot qismida kataloglash jarayonining markazlashtirilgan qo‘llab-
quvvatlanishi cheklangan. Ular elektron kutubxona va axborot-kommunikassiya 
texnologiyalarini maktab kutubxonasi faoliyatiga rivojlantirish va keng joriy etishni 
talab qiladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, maktab kutubxonalarining tarmoqlararo aloqasi 
tizimlashtirish va yanada rivojlantirishni talab qiladi. Buning uchun kutubxonachining 
roli va o‘rnini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak. 
IFLA ko‘rsatmalariga binoan maktab kutubxonachisi o‘quvchilar va 
o‘qituvchilarning bilimini oshirish, ijtimoiy rivojlanirish, jumladan, so‘rovnomalar 
o‘tkazish o‘tkazish boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak albatta.
Shuni ta’kidlash kerakki, maktab kutubxonachilari orasida o‘z ishining ustasi 
bo‘lgan ko‘plab mutaxassislar ham mavjud.
Ammo bugungi kunda maktab kutubxonachisi tomonidan taqdim etiladigan 
xizmatlar ro‘yxati sezilarli darajada kengaydi, bu kutubxonachining ishlariga 
ulgurmasligiga olib kelmoqda. Ma’lumki maktablarda ijara tizimi asosida fan kitoblari 
bilan ta’minlash tizimi mavjud. Bu ish to‘liq maktab kutubxonachisi zimmasida. 
Muammo yechimi sifatida shtatlar ro‘yxatiga qo‘shimcha shtat ajratilishi talab qiladi. 
Shu bilan birga, kutubxonachining professional malakasiga oid muammo mavjud 
va respublikadagi bir qator maktab kutubxonachilari hyech qanday maxsus ma’lumotga 
(kutubxonachi) ega emaslar.



Kutubxonachilar 
uchun 
metodik 
yordam 
ko‘rsatish 
tizimi 
ham 
zamonaviylashtirishni talab qiladi. Bunda kutubxonachilar va maktab kutubxonachilari 
uchun masofadan o‘qitish tizimi kabilarni joriy etish, maqsadga muvofiq. 
Shunday qilib, bugungi kunda maktab kutubxonalarini rivojlantirishga to‘sqinlik 
qilayotgan to‘siqlar quyidagilar: ta’lim sohasidagi munosabatlarda ishtirokchilarning 
xatti-harakatlari, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, kadrlar muammolari, 
moddiy-texnika bazasi sustligi, kutubxona fondining ma’naviy eskirish, hamkorlik va 
axborot resurlari va dasturiy ta’minotning yetishmasligi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling