8
- o‘quvchilar o‘z qurilmalarini internetga simsiz tarmoq (Wi-Fi) orqali ulab olishlarini
ta’minlash; maktab kutubxonasiga tashrif buyuruvchilar o‘z
qurilmalari bilan qulay
ulanish, maktab kutubxonasi binolarida joylashgan kompyuterlardan internetga kirish
imkoniga ega bo‘lishlari.
- maktablar hududlari maqsadli ajratilgan hududlarni loyihalashtirish va joriy qilish:
vaqtinchalik foydalanish uchun axborot
resurslarini olish hududlari, axborot resurslar
bilan mustaqil ishlash uchun hududlar, jamoa bo‘lib ishlash uchun hududlar, ko‘rgazma
va ekspozisiyalarni tashkil etish uchun ko‘rgazma
hududlari, turli tadbirlar o‘tkazish
uchun dam olish joylarini tashkil etish.
- ta’lim muassasasida ta’lim dasturini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan elektron
nashrlarga, shuningdek elektron axborot va ta’lim
resurslaridan foydalanish
ta’minlovchi qog‘ozli materiallarini nusxalash imkoniyatlarini ta’minlash;
- maktab kutubxonalari fondlarini to‘ldirishni ta’minlash:
- qo‘shimcha adabiyotlar (o‘zbek va xorijiy, mumtoz va zamonaviy badiiy adabiyotlar,
ommabop, fan va ilmiy-texnik adabiyotlar, vizual tasviriy san’at, musiqa,
jismoniy
tarbiya va sport, ekologiya, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalari, ma’lumotnoma va
bibliografik va davriy nashrlar; lug‘atlar to‘plash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltiruvchi
adabiyotlar) bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirish
- kutubxonachilarni avtomatlashtirilgan
ish joyini tashkil etish, shu jumladan
markazlashtirilgan
elektron katalog, resurslarni zahiralash va ularning qaytarilishini
nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan
axborot-kutubxona
tizimi bilan ta’minlash.
Maktab kutubxonasini rivojlantirish yo‘nalishlarini amalga oshirish, ta’lim
muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maktablar kutubxonalariga ta’lim
muassasasi doirasida o‘qituvchilar va ma’muriyat o‘rtasida
samarali hamkorlikni
tashkil etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: