II. Zamonaviy kutubxonalarni tashkil etish. Kutubxona ishini tashkil etishda
ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish.
Maktab kutubxonalari xalqaro assotsiatsiyasi (uyushmasi) tomonidan ishlab
chiqilgan istiqbol dasturi maktab kutubxonalarining axborot, ta’limiy, madaniy,
ko‘ngilochar yo‘nalishlarda faoliyat yuritishini ko‘zlaydi. Maktab kutubxonasi
mutaxassisi o‘z ishida axborotchi va pedagog olib boradigan ish metodlaridan unumli
foydalanmog‘i lozim. Bu o‘rinda asosiy ustuvorlikka ega bo‘lgan shaxs – kitobxon,
binobarin, shu tamoyilga asoslanib kutubxona ishini tashkil etish muhitini yaratish
zarur. Kitobxon kutubxonadan nimani va qay holda olmoqchi bo‘layotgan bo‘lsa,
imkon
darajasida
unga
yordam
berish
kerak
deb
tushunmoq
darkor.
Axborot olish ta’limi umr bo‘yi egallanadigan o‘quv malakalari hamda kundalik
turmushda ulardan qanday foydalanish kerakligiga doir bilimlarni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchiga ta’lim berish ishi turli xil axborot manbalaridan foydalanganda
muvaffaqiyatliroq kechadi. Ular axborotni kitoblardan, jurnal va gazetalardangina
emas, balki kompьyuter qomusidan, lug‘atlardan, ommaviy axborot vositalaridan,
internet,
elektron
katalog
va
ma’lumotlar
bazasidan
olishga
haqlidir.
Kutubxonachi o‘quvchilarni maktab kutubxonasi fondidan foydalanishga o‘rgatar va
axborot olish usullari bilan qurollantirar ekan, shu maqsadda yangi xizmat turini –
axborotni qidirib topish va olingan axborotdan foydalanish yuzasidan qisqa va mufassal
14
tavsiyalarni
taklif
etar
ekan,
uning
vazifalari
kengayadi.
Maktab
kutubxonasi
taraqqiyot
Do'stlaringiz bilan baham: |