Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar


Umumta’lim maktab kutubxonalarida axborot xizmatlarni yo‘lga qo‘yish


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana01.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1418562
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
kutubxona

Umumta’lim maktab kutubxonalarida axborot xizmatlarni yo‘lga qo‘yish. 
Ta’lim mazmuni kompleks bilimlarni o‘z ichiga oladi. Ularni puxta o‘zlashtirish 
ko‘plab axborot manbalariga asoslanadi. Ayniqsa, hozirgi kompyuterlar, internet kabi 
aloqa vositalari ta’lim jarayoniga keng kirib borayotgan bir vaktda axborotlar bilan 
yakindan oshno bo‘lish mu himdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalarida axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish 
ta’lim dasturlarini amalga oshirish bilan birga, umumiy kutubxonachilik tarmog‘ini 
rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Maktab kutubxonasi maktab ichidagi yangiliklarni 
yoyishda maktab bilan jamiyat o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Shu tariqada u 
o‘quvchilarni zarur axborotlar bilan qurollantirib boradi. Maktab kutubxonasi faoliyati 
dasturi o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturiga muvofik to‘plangan 
audiovizual materiallarni o‘z ichiga oladi hamda maktabdagi pedagogik ishlarning 
asosiy qismi hisoblanadi. Kutubxona dasturidagi individual va texnologik manbalar 


10 
o‘qituvchilar, mediateka mutaxassislari hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani 
ta’minlaydi.
Maktab faoliyati maqsadlariga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishda kutubxona 
asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim. Uning ahamiyati qo‘yidagi holatlarda 
shakllanadi:
1.Ta’limni takomillashtirish maqsadida o‘qituvchilar bilan kutubxona xodinlari 
hamkorligi. Barcha o‘qituvchi va kutubxona mutaxassislarining axborotlar bilan ishlash 
ko‘nikmasini shakllantirish hamda shu asosda ularni o‘quvchilarning zarur ehtiyojiga 
tatbiq etishning umumiy maktab strategiyasi.
O‘qishga o‘rgatish, shuningdek, vizual tarbiya berishni yo‘lga qo‘yish.
O‘quv vazifalari va individual ehtiyojni ado etish maqsadida o‘qituvchi va 
o‘quvchilarni zarur materiallar bilan o‘z vaqtida qurollantirish. Ta’limiy va individual 
ehtiyoj hamda qiziqishni qondirish maqsadida axborotlar va ularning foydaliligini 
baholashga oid axborotlarni tahlil qilish tajribasini takomillashtirish. O‘quvchilar hayot 
tajribasini boyitish hamda ularni madaniyat boyliklari bilan tanishtirishga xizmat 
qiluvchi tadbirlarni (adabiyotlar yordamida) o‘tkazish. Bu kabi faoliyat turlari 
o‘qituvchi va o‘quvchilarni bilimlarning barcha sohalariga doir eng yaxshi bosma va 
audiovizual materiallar bilan tanishtirishga yordam beradi, xalqdmizning ma’naviy-
axloqiy merosi, ajdodlarimizning ilmiy merosini o‘rganishga hamda ularni o‘kuv-
tarbiya jarayonlariga tatbiq etishga yordam beradi.
Maktab kutubxona o‘quv jarayoniga axborotlarni tatbiq etishda o‘qituvchi va 
o‘quvchilarga ko‘maklashadi, pedagogik masalalarni belgilash uchun xizmat qiladigan 
materiallarni tayyorlashda o‘qituvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, 
turli axborot xarakterdagi materiallardan foydalanilgan holda sinf tadbirlarini 
tayyorlashga erishiladi. Boshlang‘ich maktabdanoq kutubxona dasturlarini tatbiq etish, 
axborotlarni izlash va o‘zlashtirish ko‘nikmasini barvakt shakllantirishga olib keladi. 
Maktab kutubxonasi ishlarini tashkil etish va takomillashtirish uchun har yili zarur 
mablag‘ talab qilinadi. SHu sababli moliyaviy byudjet tashkiloti maktab kutubxonasini 
rivojlantirishga maqqsadli mablag‘larni ajratib borishi kerak.
Maktab kutubxonasini tashkil etishda birinchi mo‘him bosqich faoliyatni tashkil 
etish va uning ishlarini rejalashtirishni ta’minlashga qobiliyatli bo‘lgan malakali 
mutaxassislar bilan ta’minlash hisoblanadi.
2. Maktab faoliyati maqsadlariga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishda 
kutubxonaning vazifasi. 
Maktab kutubxonachisi ta’lim sohasidagi metodik ishlar talablarini yaxshi 
biladigan bo‘lishi, kutubxonachilik ishidan tajriba orttirgan, shuningdek, turli axborot 
va menejmentdan yaxshi xabardor bo‘lishi: adabiyotlarni menejmentdan yaxshi 
xabardor bo‘lishi: adabiyotlarni menejmentlik bo‘yicha o‘rganuvchi hamda 
kompyuterda ish yuritishni bilishi kerak. Axborot-resurs markazi rahbari byudjet 


11 
buyurtmalarini asosli ra vishda tuza bilishi va ajratilgan moliyaviy mablag‘larning 
sarflanishi to‘g‘risida hisobot berishga tayyor bo‘lishi darkor. Qo‘shimcha o‘qish va 
amaliy ko‘nikmadan o‘tgan malakali kutubxonachi talab darajasida ishlashi mumkin. 
Maktab kutubxonasi bo‘yicha qo‘shimcha o‘qigan va malaka hosil qilgan o‘qituvchi 
ham malakali mutaxassis sifatida faoliyat ko‘rsata oladi. Orttirilgan tajriba maktab 
kutubxonasida ta’limiy vazifalarni ado etishda namoyon bo‘ladi. 
Maktab kutubxonasida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining ko‘ngillik 
yordamlari uning faoliyatini yurgazishda samarali yordam beradi. Bu esa 
o‘qituvchilarning shu soha bo‘yicha individual ish ko‘nikmalarini o‘stirishda mo‘him 
omil bo‘lib xizmat qiladi. Maktab kutubxonasida maktabning axborotlar markazi 
hisoblanadi. Kutubxona o‘quvchilarda axborotlarni to‘plash, ularda axborotlarga 
murojaat qilish va axborot manbalari bilan ishlash ko‘nikmasini o‘stirishda mo‘him 
o‘rin tutadi. Har-bir alohida o‘quvchining bilimini kengaytirish hamda ta’lim 
jarayonida axborotlarni izlash va ulardan foydalanish maqsadida axborotlarning kelib 
tushishini ta’minlash markazning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ko‘plab axborot 
manbalariga ega bo‘lishi uchun kitobxonlarni turli axborot manbalari bilan muomala 
qilishga o‘rgatish markaz xodimiga qo‘yiladigan kasbiy talabdir.
SHunga muvofiq, kutubxona mutaxassislari axborotlar bo‘yicha mutaxassis 
sifatida da’vat etilganlar. Kutubxona mutaxassisining axborot faoliyatini ado etishi 
uchun qo‘yidagi malakali talablar qo‘yiladi:
-maktab o‘quv dasturi talabiga javob beruvchi axborot manbalarini tanlashni 
ta’min etuvchi rejani yozma ravishda bayon eta bilish;
-maktabda axborot xizmatini rivojlantira bilish;
-o‘qituvchi va o‘quvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyoji va qiziqishini o‘rganish 
va baholay bilish;
-axborot xizmatining muqobil tizimini rejalashtirish;
-o‘quvchi va o‘qituvchilarga yordam tariqasida axborot manbalari va 
bibliografiyasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
-o‘zlashtirilgan axborotlarni saqlashda ilg‘or texnologiya yutuqlaridan foydalana 
bilish;
-axborotlarni izlash jarayonida o‘quvchilar ehtiyojini o‘rganishni tahlil qilish 
ko‘nikmasini o‘stirish;
-axborot ko‘nikmalariga muntazam o‘rgatish vositasida axborot manbalaridan 
samarali foydalanishda o‘qiituvchi va o‘kuvchilarga yordam ko‘rsatish;
-risola, maqola, illyustratsiya, fotonusxa kabi materiallar asosida jamg‘armani 
boyita bilish;
-maktabdan tashqari axborot manbalaridan birgalikda foydalanish imkonini 
beruvchi axborot tarmog‘i bilan Axborot resurs markazini bog‘lash.


12 
Shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, kutubxona uchun kitoblar, davriy nashrlar
jurnallar, mikrofilmlar, slaydlar, gramplastinkalar, audio va videoyozuvlar muhim 
axborot manbalari bo‘lib qoladilar.
Kutubxonaning vazifasi maktabning axborot ehtiyojini qondirish uchun qulay 
shart-sharoit yaratib berishdan iborat. Ana shu o‘quv muhitini yaratish uchun maktab 
kutubxonasiining nizomi bo‘lishi lozim. Maktab kutubxonasidagi asosiy ishlar 
o‘quvchilar va o‘qituvchilarning e’tiborini o‘ziga tortadigan masalalarga qaratilmog‘i 
kerak. Binobarin, asosiy fondlari o‘qitishda markaziy, bilimlar esa jamiyat rivojida 
mo‘him o‘rin tutadi. 
3. O‘quv jarayonida axborotlarni tatbiq etishda o‘quvchilar va o‘qituvchilarga 
ko‘maklashish vazifa va kasbiy majburiyatlarini bajarish va faoliyatni samarali tashkil 
etish. 
Maktab kutubxonachisining o‘z kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish uchun
kutubxonada an’anaviy va noan’anaviy fondni tashkil etish, kompyuter texnologiyasini 
egallashi asnosida maktab pedagoglari, o‘quv fanlari o‘qituvchilari bilan ta’lim-tarbiya 
samaradorligini yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini metodik ta’minotidagi hamkorligining 
ijobiy natijalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: kutubxonachining sa’y-harakatlari 
bilan kutubxona fondida har bir o‘quv fani bo‘yicha nazariy, pedagogik va metodik 
adabiyotlarning o‘qituvchi bilan hamkorlikni boshlash uchun yetarli bo‘lishi; 
kutubxonada ushbu adabiyotlar taqdimoti bilan bog‘liq tadbirlarning o‘tkazilishi, yangi 
adabiyotlardan voqif etadigan ko‘rgazmalar, adabiyotlar yangilik ma’lumotnomalari, 
e’lonlar tashkil etilishi; o‘qituvchi va o‘quvchi, pedagoglarning axborot olish 
madaniyati nimalardan tashkil topishini bilgani holda, kitobdan qay tarzda foydalanish 
kerakligi, bibliografiya tuzish, ko‘chirmalar olish, annotatsiyalar tuzish, kutubxona 
stendlarida kitobxon to‘plagan materiallarni ma’ruza, maqola va qo‘llanma yaratishda 
qo‘llashi bilan bog‘liq namunalar aks etganligi; pedagoglar, fan o‘qituvchilarini 
kutubxonalarga biror nazariy, pedagogic va metodik adabiyotlarni so‘rab murojaat 
etishlari; kutubxonachining yangi yo‘nalishdagi lavozim vazifalari va malaka oshirish 
sir-asrorlarini egallay boshlaganlari, chunonchi, internet tarmog‘iga ulanish orqali 
o‘quv-tarbiya jarayoning metodik ta’minotida foydalanishi mumkin bo‘ladigan 
materiallar topayotganligi va ularni o‘qituvchilarga tavsiya etayotganligi; o‘qituvchi va 
o‘quvchilarni ma’lumotnoma-bibliografiya xizmati mazmuni, kataloglar, axborotlarni 
qidirish va topish manbalari bilan tanishtirib boorish, internetdan foydalanish yo‘llarini 
ko‘rsatish ishlarini amalga oshirilayotgani; kutubxona jamg‘armasini shakllantirish 
ishiga o‘quv fanlari o‘qituvchilarini jalb etilayotganligi, ularning ma’ruza matnlari, 
dars ishlanmalari, maqolalari va boshqa materiallari fondga olinayotganligi; 
kutubxonaning moliyaviy sharoitini yaxshilashga qaratilgan pullik xizmatlar tashkil 
etilayotganligi; kutubxonalararo aloqa yo‘lga qo‘yilayotganligi; hududiy hokimliklar 
tomonidan kutubxonalar kitob jamg‘armalarini shakllantirish, ularni zamonaviy 


13 
mafkuraviy tavsifdagi adabiyotlar, jumladan, ma’lumotnoma, qomusiy Adabiyotlar, 
badiiy, ilmiy-ommabop, pedagogic va metodik nashrlar, shuningdek, yuqori samarali 
electron nashrlar va resurslar bilan to‘ldirishga alohida e’tibor qaratish; kutubxonada 
o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida kitobning inson hayotidagi o‘rnini, ahamiyatini 
ochib beruvchi kitoblar taqdimoti, kitobxonlar konferensiyasi, davra suhbatlari, savol-
javob kechalari, seminarlar, tanlovlari va boshqa tadbirlarni ta’sirchan hamda samarali 
usullarda ko‘proq o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish; kutubxonada o‘qituvchi va o‘quvchilarn 
kitobga bo‘lgan talabini muntazam o‘rganib borish, qanday, qaysi mavzudagi 
kitoblarga ehtiyoji borligini aniqlash maqsadida so‘rovlar o‘tkazish hamda 
nashriyotlarga tavsiyalar berish; yosh avlod ma’naviyiyati va ma’rifatini yuksaltirishga 
xizmat qilivchi kitoblarning electron variantlarini yaratish ishlarini yanada 
jadallashtirish; kutubxona – kitob savdosi – nashriyot o‘rtasidagi muntazam aloqa 
tizimini yo‘lga qo‘yish belgilab berildi. 
Eng muhimi kutubxonadan o‘quvchi o‘ziga yoqadigan badiiy asar, ilmiy-
ommabop risola topa olishi, o‘qituvchi esa pedagogic adabiyotlardan tezkor 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling