Maktab menejmenti kafedrasi


-BOB XOZIRGI ZAMON TAVAR NAFLILIGI VA ULARNI QADR QIYMATI TO’G’RISIDAGI QARASHLARNING RIVOJLANISHI


Download 123.37 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi123.37 Kb.
#1528709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Ilxomjon 2022 23.12.2022

2-BOB XOZIRGI ZAMON TAVAR NAFLILIGI VA ULARNI QADR QIYMATI TO’G’RISIDAGI QARASHLARNING RIVOJLANISHI
2.1 Tovar qiymati nazariyasiga marjinalistik yondashuv
Hozirgi Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor tizimi to’g’risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U inglizcha so’zdan olingan bo’lib, oxirgi, qo’yilgan degan ma’noni beradi. XIX asrning 70-yillariga kelib klassik siyosiy iqtisod o’rniga marjinalizm iqtisodiy nazariyasi vujudga keldi. Iqtisodiy fan taraqqiyotida katta o’zgarish yuz berdi. O’sha davrda xo’jalik jarayonlarini tahlil qilishga yangicha yondashuv asosini solgan (bir-biridan mustaqil holda) uch iqtisodchining asarlari birdaniga kelib chiqdi. Ular ingliz Stenli Jevons (1835-1882), avstryalik Karl Menger (1840-1921), asosan Shveytsariyada istiqomat qiluvchi frantsuz Leon Valras (1834-1910). Mazkur muammoga sal keyinroq, lekin o’ziga xos, mustaqil yo’l bilan yondashgan amerikalik olim J.B.Klarek hisoblanadi Marjinalizm (inglizcha – me’yorli) ana shunday vujudga keldi. F.Vizer, E.Bem-Baverk, A.Marshall, K.Viksell va ko’plab boshqa atoqli iqtisodchilar marjinalizm metodologiyasini foydalanadilar va rivojlantiradilar. Ayni paytda matematika sohasidagi ixtirolar iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Marjinalistlar differentsial hisoblash metodi va me’yorli nazariyalardan faol foydalandilar. Ularning tadqiqotidagi asosiy dastak – bu me’yorli (marginal) tahlil bo’lib, mazkur maktabning nomi ham shundan kelib chiqqan. Me’yorli tahlil hanuzgacha iqtisodiy fanda keng qo’llanib kelinmoqda. Marjinalizm nazariyasiga iqtisody jarayonlarni sub’ektiv – psixologik metod asosida tahlil qilish xosdir. Unda iqtisodiy hodisalarning mohiyati emas, balki ularning o’zgarishi boshqa hodisalarning o’zgarishiga bog’liqligini ifodalovchi, yangi g’oya – me’yorli (max yoki min) miqdor yoki holat tushunchalaridan foydalanib iqtisodiy jarayon va hodisalar tushuntiriladi. Masalan, me’yorli foydalilik nazariyasi narxning tashkil topishini mahsulotlarni iste’mol qilishdagi samaralilik bilan bog’lab tadqiqot qiladi va ushbu baholanayotgan mahsulot birligi ko’payganda ehtiyojlarning qondirilishi qanchalik o’zgarishini ko’rsatib beradi (xarajatlar kontseptsiyasidan farq qilgan holda). Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli foydalilik, me’yorli unumdorlik, me’yorli xarajatlar va boshqalar. Bu nazariya ishlab chiqarish xarajatlarini, talab, taklif, narx va boshqalarni sub’ektiv baho berish asosida tushuntiradi. U yoki bu muammolarni muqobil tarzda echish amal qiladigan iqtisodiy hayotni marjinalistlar turli bozorlar yig’indisi ko’rinishida tasavvur qilganlar. Ishlab chiqaruvchi tovar ishlab chiqarganda turli resurslardan har birining me’yorli foydaliligiga baho bergan holda eng keraklisini tanlaydi. Iste’molchi o’zining cheklangan daromadlarini ehtiyojlarni ko’proq qondiradigan qilib tovarlarni sotib olishga taqsimlaydi. Demak, marjinalizm nazariyasi markazida o’z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va xarid qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste’molchi turadi.
Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining, qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo’llanildi. Qo’shilgan tavar haqidagi fikrlarni oldingi fikrlarda to’laqonli yoritib berdim deb o’ylayman. Ayni vaqtda marjenalizm haqida fikr yuritsak va iqtisodiy maktab nazariyalariga to’htasak shunday deya olishimiz mumkin Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo’nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig’indisi «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan bo’lib, bu AQSH, Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o’tiladi. Rus tiliga tarjima qilinib, bizga ma’lum bo’lgan P.Samuelьson, R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. Hozirgi paytda bu yo’nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o’tgan yo’l va unda vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki bo’lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo’l qo’yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai -nazaridan va o’sha davr real holatidan kelib chiqqanlar. Shunday bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jamiyat alohida bir nazariya asiri bo’lib qolmasligi kerak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan yo’naltirilishi zarur.


Download 123.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling