Maktab menejmenti kafedrasi


Download 123.37 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi123.37 Kb.
#1528709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Ilxomjon 2022 23.12.2022

X U L O S A
Xulosa qilib aytganda, tovar bozorda ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulot bo’lib, uning qiymati uni ishlab chiqarish uchun sarflangan moddiy va mehnat xarajatlari hamda uning nafliligi bilan o’lchanadi.
Naflilik moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs oladigan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. Naflilik darajasi subʼyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning Naflilik darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim. Tovar nafliliga va iqtisodiyot torisida ozimizning olimlar ham koplab malumotlasr berib otgan shu jumladan: Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi kismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari, mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to’plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi. Forobiyning mulkchilik to‘g ‘risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o‘tadi. Forobiy kishilami mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydilar va aksincha, “...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘Isa, holda ular qonun o'rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar” Ko‘rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan.



Download 123.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling