Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar


Download 165.78 Kb.
bet41/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

9.2. Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar
Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda 
o‘qituvchi qator talablarga rioya qilishga majbur.
1. Reja kasb-hunar ta’limi rahbar organlari normativ 
hujjatlari va qarorlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ular jismoniy
tarbiya tizimi zvenolari uchun davlat dasturi asosida tuzib 
chiqiladi. Rejalarning barchasi jismoniy tarbiyaning umumiy
maqsadi va vazirlik ishlab chiqqan uslubiy tavsiyalarga 
bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak.
2. Rejalashtirish vaqtida jismoniy tarbiyaning umumiy 
va uslubiy prinsiplariga amal qilish lozim. Rejalashtirish
jarayonida prinsiplarni amalaga oshirish uchun qulay shart-
sharoit vujudga keladi: shaxsning har tomonlama rivojlanishi,
jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan 
bog‘liqligi, sog‘lomlashtirishga qaratilganligi. Jismoniy
tarbiyaning muntazamlik, individuallashtirish va bajara 
olishlikka qaratilganligi. Shu munosabat bilan vositalar
tanlashda shug‘ullanuvchilarga har tomonlama ta’sir qiluvchi 
va yaxshi sog‘lomlashtirish samarasiga ega bo‘lganlarga
ustunlik beriladi. Ko‘pchilik darslarni tabiiy sharoitlarda, ochiq 
havoda rejalashtirish lozim.



68
3.Istiqbolli va maqsadga qaratilganlikni rejalashtirishning 


muhim talablari, deb hisoblash lozim. Reja muayyan sikllarda
(darslar seriyasi, chorak, yil) bo‘lishi oldingi sikllarga tayanishi 
va kelgusida ishga tayyorlashi zarur. Shunday qilib, tasodifiy
dars chiqarib tashlanadi, chunki ularning hammasi muayyan 
tizimga birlashtirilgan.
4. Rejalashtirish aniq bo‘lishi kerak. Bu talab maktablarda 
ishni rejalashtirib, mutaxassis kelgunga qadar jismoniy
tarbiya o‘qituvchisi yo‘q bo‘lgan joyda, sakkiz yillik va 
boshlang‘ichdan o‘rta maktabga o‘tishda, shuningdek, moddiy-
texnika bazasining ta’minlaganlik darajasini hisobga olishni 
nazarda tutib amalga oshiriladi
5.Rejalashtirishning aniqligini ta’minlash bosqichida uning 
vazifalari va bu vazifalarga muvofiqlashtirish vositalar bo‘yicha
aniq bosqichlarda belgilanishida ifodalangan. Mashqlarning 
eng ahamiyatlisini, universalligini tanlash, yoki aksincha,
maksimal pedagogik samarani ta’minlovchilarini tanlash zarur. 
Vositalardan foydalanish izchilligining buzilishiga va “kuchli
ta’sir qiluvchi mashq”dan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
6.Rejalashtirishni ko‘rgazmalilikning grafikli shakllarini
amaliyotga joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling