Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
UO‘K:796.373(075)
KBK: 74.267.5 ya73 ISBN 978-9943-13-180-4 ISBN 978-9943-13-684-7 © R.S. Salomov, Yu.Yu. Aripov, U. Utenov, 2017 © «IQTISOD-MOLIYA», 2010 © «IQTISOD-MOLIYA», 2017 3
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining bo‘lg‘usi mutaxassislariga o‘z kasblarini to‘laroq, chuqurroq egallashlari hamda ishga nisbatan munosabatining shakllanishiga yordam beradi. Bu ish juda muhimdir, chunki jamiyat pedagoglarga o‘zining eng qimmatli va eng bebaho boyligi bo‘lmish iqtidorli bolalarini har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga ishonch bildiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar ta’lim muassasalarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarida ilgari surilgan masalalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchi, pedagogik jamoa va bolalar o‘rtasida hamda bolalar (o‘qituvchilar), avvalambor, pedagogik jamoa orasida o‘z fanining obro‘sini ko‘tarishi lozim. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bolalarning ardoqli ustoziga aylanishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, jismoniy tarbiya bolalarning sevimli mashg‘ulotiga aylanishiga sabab bo‘ladi. Bolalar qalbini egallash uchun o‘qituvchidan ko‘p narsa talab qilinadi. U o‘z fani nazariyasi va amaliyotini a’lo darajada bilishi, yuksak madaniyat va mustahkam iroda sohibi, yuksak ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchi o‘z faoliyati davomida bolalarga bo‘lgan muhabbatini ularga nisbatan yuqori talabchanlik bilan uyg‘unlashgan holda qo‘shib olib borishi zarur. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti asoslari uslubiy qo‘llanmasi mutaxassis va bo‘lajak sportchilarga bugungi qo‘yilayotgan talablarni tezroq anglab yetish, yuqori natijalarga erishish uchun ketadigan uzoq yillik izlanishlarni qisqartirishga, amaliy faoliyati davomida yuzaga keladigan xato va kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. 4
Download 165.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling