Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


 Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari


Download 165.78 Kb.
bet14/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

3.9. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari
Inson atrof-muhit bilan munosabatda bo‘ladi, unga ta’sir 
ko‘rsatadi va unga moslashadi. Ana shu muhitda organizmning
mushtarakligi namoyon bo‘ladi. Muntazam ravishda 
quyosh nuri o‘zgaruvchanligi, suv va havoning harorati,
yog‘ingarchilik, havo ionizatsiyasi va harakati, atmosfera 
bosimi organizmning fiziologik va ruhiy reaksiyalarga
nisbatan muhim bioximik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi: 
jismoniy mashqlar samaradorligiga va insonning mehnatga



21
layoqatliligini, salomatligining va ish qobiliyatining oshishiga 


olib keladi. Bularning hammasi jismoniy mashqlar texnikasi va
taktikasiga ta’sir qiladi va jarohatlanish xavfsizligini oshiradi. 
Binobarin, o‘quvchiga ular jismoniy mashqlar bajarayotgan
vaqtda tashqi omillar ta’sir qilishini maxsus uyushtirishni 
hisobga olish zarur.
Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashturuvchi 
kuchidan foydalanish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchi bir-biridan 
ajralmaydigan omil sifatida jismoniy mashqlar bajarish
muhitini hisobga olish vaqtida qulay sharoitlar yaratadi. Ular 
inson organizmiga harakatlar bilan samarali ta’sir o‘tkazishini
kuchaytiradi va to‘ldiradi.
2. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchi, chiniqish va
sog‘lomlashtirish vositasining nisbatan mustaqilligi sifatida 
quyosh, havo, suv vannasidan foydalaniladi. Bu muolaja
optimal ta’sir o‘tkazish vaqtida mehnat va o‘quv faoliyati 
tarkibiga kiritiladi. Qayta tiklash samarasini oshiradi va faol
dam olish shakli bo‘ladi.
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchidan foydalanishning
asosiy talablaridan biri ularni jismoniy mashqlar bilan muntazam 
ravishda kompleks qo‘llashdan iboratdir.
Oqilona me’yorni aniqlash vaqtida o‘quvchilarning 
xususiyatlarini va pedagogik vazifalar xarakterini hisobga olish
lozim. Bu birinchidan jismoniy tarbiya jarayonida egallangan 
chiniqish samarasini mehnat va o‘quv faoliyatiga o‘tkazishni
amalga oshirish; ikkinchidan, ko‘proq yuqori yuklamalarni 
qo‘llash uchun imkoniyat yaratadi, binobarin, ish qobiliyatini
oshiradi; uchinchidan, ortiqcha yuklama ta’siriga, titrash 
va tebranishga organizmning qarshiligini ko‘taradi va h.k.;
to‘rtinchidan, iroda sifatini yuqori darajaga ko‘taradi.


22



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling