15
3) mashqlarni bajarish, ularning o‘quvchi irodasiga
bo‘ysundirish darajasini oshiradi.
Erkinlik bilan bajarilgan harakat har doim ham ongli
bo‘lgan. U insonga ta’sirini o‘tkazadi. Ayrim harakatlar
harakatlantiruvchi harakatning unsuridir. U o‘zaro bog‘langan
harakatlar vositasi bilan amalga oshiriladi. Masalan, oyoq, qo‘l,
gavda, bosh harakatlarining muayyan tizimi o‘quvchiga sakrash
ko‘rinishidagi harakatni bajarishga imkon beradi. Aniq vazifani
yechishni ta’qib qiluvchi harakat
va shu asosda muayyan
tizimda birlashgan harakatlantiruvchi harakatni tashkil etadi.
Haqiqatan ham jismoniy mashq – bu iroda aktidir, u ong
vazifalaridan iborat bo‘lib umuman insonga ta’sir ko‘rsatadi.
“Mashq” so‘zi insonning jismoniy va ruhiy xususiyatlariga
ta’sir o‘tkazish maqsadi bilan harakatli takrorlanishiga
yo‘naltirilganligi va bu harakatni bajarish usullarini
mukammallashtirishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: