Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning siyoat-


Download 165.78 Kb.
bet9/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning siyoat-

salomatligini mustahkamlash uchun davlat oldidagi 

javobgarlik.

Shifokor va pedagog nazoratining majburiyligi hamda 

birligi. Jismoniy mashqlar shunday vositaki, ular to‘g‘ri
qo‘llanilgan sharoitlardagina sog‘lomlashtiruvchi samara 
beradi. Jismoniy mashqlarni noto‘g‘ri, no‘noqlik bilan qo‘llash
sihat-salomatlikka putur yetkazishi mumkin. Shu munosabat 
bilan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi,
jinsi, biologik xususiyatlari va sihat-salomatligini hisobga olish 
zarur.
Jismoniy tarbiya tizimida vrach nazorati kishi organizmida 
ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni qayd etish bilangina
chegaralanib qolmasligi kerak. Maxsus pedagogik kuzatishlar 
bilan bir qatorda shifokor nazorati shunday obyektiv mezonki,
biz unga qarab jismoniy mashqlar bilan mashg‘ulot paytida 
ana shu mashg‘ulotlarning ijobiy yoki salbiy ta’siri to‘g‘risida
hukm chiqarish, jismoniy tarbiya metodlarini o‘zgartirish va 
takomillashtirishimiz mumkin.
Shifokor nazoratining ma’lumotlari jismoniy tarbiya 
praktikasida o‘z ifodasini topib, jismoniy tarbiyani to‘xtovsiz



12
takomillashtirishga yordam berishi lozim. Shifokor o‘z ishini o‘z 


xonasidagina emas, balki asosan gimnastika zalida, stadionda,
chang‘i stansiyasida, suzish basseynlarida amalga oshirishi 
kerak. U o‘zining kuzatishlarini jismoniy mashq mashg‘ulotlari
jarayoni bilan bevosita bog‘lab o‘tkazishi lozim.
Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirish yo‘nalishi
tamoyili shifokor, pedagog bilan mashq qiluvchining hamisha 
yaqindan ijodiy hamkorligini talab etadi.
2.5. Ilmiy-amaliy va dastur mezonlari negizi. Jismoniy 

tarbiyani o‘rganadigan maxsus fanlar
Jismoniy tarbiya g‘oyat rang-barang hodisa bo‘lib, 
sog‘lomlashtiruvchi fanlar uchun ham, ijtimoiy fanlar uchun
ham qiziqarlidir. Jismoniy tarbiya uchun markaziy, o‘ziga xos 
g‘oya, yuqorida aytib o‘tilganidek, insonning jismoniy rivojini
maqsadga muvofiq ravishda boshqarishdir. 
Bu fan sohalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin.
Bu fanlarga: jismoniy mashqlar fiziologiyasi, dinamik 
anatomiya, biomexanika, jismoniy mashqlar bioximiyasi,
jismoniy mashqlar gigiyenasi, shifokor nazorati, davolash 
jismoniy madaniyati kiradi.
Bu fanlarga jismoniy mashqlar fiziologiyasi, dinamik 
anatomiya, biomexanika, jismoniy mashqlar bioximiyasi,
jismoniy mashqlar gigiyenasi, vrach nazorati, davolash jismoniy 
tarbiyasi kiradi
Jismoniy tarbiyani o‘rganadigan barcha ilmiy fanlar 
tegishlicha, umumiy fanlar ichki qonuniyatlarining tabaqalashuvi
mahsuli sifatida paydo bo‘ldi. Masalan, jismoniy mashqlar 
fiziologiyasi – umumiy fiziologiya shohobchasi, biomexanika,
biofizikadan kurtaklanadi, jismoniy tarbiya sotsiologiyasi 
O‘zbekiston tarixi bilan bevosita bog‘liq. Jismoniy tarbiya
nazariyasi va metodikasining o‘zi – bu ixtisoslashtirilgan 
pedagogika fanidir.



13
Har bir ilmiy fan tarmog‘i jismoniy tarbiyaning biror 


tomonini, mazkur fanga xos tomonini o‘rganadi. Lekin
ayrim fanlar tomonidan olingan faktlar qanchalik chuqur 
va ahamiyatli bo‘lmasin, ulardan birortasi jismoniy tarbiya
ijtimoiy ideallarini muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin 
bo‘lishi uchun pedagogik ta’sir o‘tkazishini qanday ko‘rish
kerak, degan savolga mukammal javob bera olmaydi.
Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari
hamda muassasalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, jismoniy 
tarbiya kollektivlari va boshqalar uchun foydalanish majburiy
bo‘lgan yagona davlat dasturlari va o‘quv qurollari bilan 
ta’minlangan.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari jismoniy 
madaniyat harakatini rivojlantirishda muhim tarixiy voqeadir.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari to‘g‘risidagi 
nizomda jismoniy tarbiya tizimining asosiy nazariy, metodik
va tashkiliy qoidalari aks ettirilgan. Majmua – mamlakatimizda 
jismoniy tarbiya sohasidagi barcha dasturlarning negizi
hisoblanadi.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etishning ikki:
davlat va jamiyat – havaskorlik shakli mavjud.
Jismoniy tarbiya tadbirlari amalga oshiriladigan davlat
tashkilotlariga quyidagilar kiradi: tug‘ruqxonalar, bolalar 
yaslilari, bolalar bog‘chalari, o‘rta maktablar, maktab-
internatlar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, 
armiya va flot, sanatoriyalar, dam olish uylari, davolanish
muassasalari. Bu davlat muassasalarida jismoniy tarbiya 
odatda, majburiy tartibda amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi qanday tuzilgan?
2. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy tamoyillari haqida 
nimalarni bilasiz?



14


Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling