16
eng yuqori natija ko‘rsatishga imkon beradi. Masalan, yugurish
jismoniy tarbiyada zaruriy tezlikka erishish va organizmga
ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun bajariladi).
3. Jismoniy mashqlar optimal nisbatda insonning barcha
a’zolari va tizimlarining rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Mehnat harakati insonning jismoniy
mukammallashuviga har
tomonlama ta’sir ko‘rsatishga qodir emas.
3.4. Jismoniy mashq – jismoniy tarbiyaning asosiy
vositasidir
Jismoniy tarbiya natijasiga barcha vositalar tizimidan
foydalanish
bilan erishiladi, biroq vositalarning har qaysi
guruhga ahamiyati bir xil emas: tarbiyaning va o‘qitishning
vazifalarini yechishda eng katta salmoq jismoniy mashqlar
ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu esa
bir qator sabablar bilan
belgilanadi:
1. Jismoniy mashq harakatlar tizimi sifatida insonning
tuyg‘usi va fikrini, uning tevarak-atrofdagi
voqeilikka
munosabatini ifodalaydi.
2. Jismoniy mashq – bu jismoniy tarbiya sohasida ijtimoiy-
tarixiy tajribani bajarish usullaridan biridir.
3. Jismoniy mashq nafaqat organizmning morfo-funksional
holatiga balki ularni bajaruvchi shaxs holatiga ta’sir o‘tkazadi.
4. Jismoniy mashq harakatlari insonning sog‘lomlashtiruvchi
ehtiyojlarini ham qondira olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: