Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.7. Bajara olish va individuallashtirish tamoyili
4.6. Bilvosita ko‘rgazmalilik
Bilvosita ko‘rgazmalilikning mohiyati shundan iboratki, o‘rganilanayotgan mashq tasvirning boshqa shakllari yordamida (kinogramma, tasvir, jadvallar, diagrammalar) yoki harakatlar amplitudasini, harakatlar bajarilish ritmi va tezlik darajasini aytib turuvchi muayyan uslubi tanlab olinadi. Shu maqsadida masalan, qadamning uzunligini o‘zlashtirish uchun yo‘lkada belgilab qo‘yilgan chiziqlar bo‘yicha yugurib o‘tish, balandlikka sakrashlarni o‘rganish vaqtida yaqin keltirilgan oyoq bilan yetkazish, oyoqlarni kambar qo‘yishga odatlanish uchun belgilab qo‘yilgan koridor bo‘yicha yugurib o‘tish amalda sinab ko‘riladi. Biroq ko‘rgazmalilik nafaqat mashqlarni muvaffaqiyatli egallashning shart-sharoiti, balki ularni mukammallashtirishning majburiy sharti hamdir. Mashqlarni takomillashtirish vaqtida kinogramma, slaydlardan foydalaniladi. Bu shug‘ullanuvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirishga imkon yaratadi. 4.7. Bajara olish va individuallashtirish tamoyili Bolalarga yosh va jinsiy farq xosdir. Bundan tashqari jinsi va yoshi bir xil bolalar har xil qobiliyat va moyillikka 28
zarur. Bu fikr bajara olish va individuallashtirish tamoyili asosida yotadi. Gap o‘qituvchi har bir o‘quvchiga qanday yo‘l bilan yondashishi haqida borayotir. Ayrim o‘quvchilarda vujudga kelgan vaqtinchalik qiyinchilikni o‘z vaqtida topish va bartaraf etishga yordam berish, ularning qobiliyatlari va moyilliklarining kelgusida rivojlanishiga ko‘maklashish. Ular har doim rivojlanuvchan bo‘lishlari uchun o‘rgatish va tarbiyani bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishi, mavjud harakat tajriba darajasini hisobga olib tuziladi. Bajara olish chegarasining bunday kengayishi o‘quvchilarda jismoniy va ruhiy imkoniyatlarning o‘sishiga yordam beradi. Bunday jarayon muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak. Binobarin, bajara olishning individual darajasini aniqlash va uni amalga oshirish yo‘llarini qidirish o‘qituvchining ish tizimini oshiradi. Maktab o‘quv dasturlari va me’yorlari “Alpomish” va “Barchinoy” majmuasining mezonlari bolalarning yoshi va jinsiy darajalarini hisobga olish bilan tuziladi, biroq ular o‘rtacha o‘quvchiga mo‘ljallangan va o‘quvchilarning individual rivojlanishining barcha nozik tomonlarini hisobga olishi mumkin emas. Tajribali o‘qituvchilar bunday ishlarni bemalol uddalay oladilar. Download 165.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling