Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOB. USLUBIY TAMOYILLAR VA ULARNI JISMONIY TARBIYA JARAYONIGA KIRITISH YO‘LLARI 4.1. Onglilik va faollik tamoyili
3.10. Gigiyenik omillar
Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyilini hayotga singdirish jismoniy mashg‘ulot inson hayot faoliyatining organik qismi bo‘lib qolgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi. Boshqa tomondan, jismoniy mashqlar samaradorligi faqat zaruriy gigiyenik mezonlarga rioya qilingan taqdirdagina eng yuqori bo‘ladi. O‘ziga xos vositalar sifatida Gigiyenik omillar jismoniy tarbiyaning to‘laqonli vazifalarini yechish uchun katta ahamiyatga ega. Pedagogik jarayon qanchalik yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lmasin, mashg‘ulotlar antisanitariya sharoitlarida o‘tkazilsa, uyqu va ovqatlanish tartibi buzilsa, umid qilingan samarani bermaydi. Mana shuning uchun ham jismoniy tarbiyaning maktab dasturida o‘quvchilar uchun gigiyenik bilimlar hajmini aniqlovchi nazariy material berilgan. Gigiyenik omillar shartli tarzda ikki guruhga bo‘lingan: 1. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining to‘laqonliligi uchun shart-sharoit ta’minlovchi vositalar: mehnatning shaxsiy va ijtimoiy gigiyenasi me’yori, o‘qish, turmush, dam olish, ovqatlanish vositalari. 2. Jismoniy tarbiya jarayoniga bevosita kiritiladigan vositalar: gigiyenik me’yorlar bilan muvofiqlikda dam olish va yuklamalarning optimal tartibi, tashqi sharoitlar yaratish (havoning tozaligi, yetarlicha yorug‘lik darajasi va boshqalar). O‘z - o‘zini tekshirish uchun savollar 1. Jismoniy tarbiya vositalariga nimalar kiradi? 2. Jismoniy mashqlar texnikasi, deganda nimani tushunasiz? 23
IV BOB. USLUBIY TAMOYILLAR VA ULARNI JISMONIY TARBIYA JARAYONIGA KIRITISH YO‘LLARI 4.1. Onglilik va faollik tamoyili Jismoniy tarbiya jarayoni – bu ikki tomonlama jarayondir, unda bir tomondan, o‘rgatishga intiluvchi o‘qituvchi, boshqa tomondan o‘rganish xohishini namoyon qilishi kerak bo‘lgan o‘quvchi ishtirok etadi. Tajriba ko‘rsatadiki, agar o‘quvchilar o‘z yoshlariga qo‘yilgan vazifaning mohiyati va uni yechishdan manfaatdorligini tushunsa, u holda bu o‘rgatishning borishini jadallashtiradi. Bu qonuniyat onglilik va faollik tamoyili asosida yotadi. Uslubiy adabiyotlarda onglilik va faollik tamoyillari mustaqil tamoyil sifatida ajratilishini uchratish mumkin. Amaliyotda anglashilgan va faollik jarayonlari shunchalik bir-birini taqozo qiladiki, ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Chunki anglash shaxsning faol ishtirokisiz bo‘lmaydi. To‘g‘ri, birinchi paytlarda faollikni, talabchanlikni baholash, maqtash bilan rag‘batlantirish mumkin, u ongga asoslanadi. Faollashtirish deyilganda sifatlarni tarbiyalash va vazifalarni o‘rgatishga erishishga yo‘naltirilgan, shug‘ullanuvchilarning jismoniy kuchi va irodasi axloqiy, intellektual sifatlarini tarbiyalashda o‘quvchini safarbar qilish tushuniladi. Ammo mavjud qonuniyat hali o‘quvchilarni ongli va faol qilmaydi, bunda o‘qituvchining xizmatidan foydalaniladi. Jismoniy mashq mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarni faollashtirishning aniq yo‘llarini qarab chiqamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling