Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Mashg‘ulotlarda maqsadga muvofiq qiziqishni


Download 165.78 Kb.
bet16/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

4.2. Mashg‘ulotlarda maqsadga muvofiq qiziqishni 

shakllantirish
O‘qituvchi o‘quvchilarda mashg‘ulotlarning aniq vazifalari 
va umumiy maqsadiga turg‘un qiziqish va ma’noli munosabatni
tashkil etishi kerak. O‘quvchilarning mashg‘ulotlarga, ayniqsa, 
darsdan tashqari mashg‘ulotlarga kelishini rag‘batlantiruvchi
birinchi sabab birinchi kezlarda, tez-tez ijtimoiy ahamiyatga 
ega emas, balki shaxsiy turmush sabablari keltirib chiqargan
(o‘rtog‘i shug‘ullanadi, akasi seksiyaga qatanashadi, otasi 
maslahat beradi va boshqalar). Shuning uchun o‘qituvchi
dastlabki sabablarni diqqat bilan o‘rganishi va asta-sekin ularni 
ijtimoiy ma’noda tubdan o‘zgartirishi kerak.
Buning uchun biron-bir narsani o‘rganmaslik, mo‘ljallangan 
maqsadga erisha olmaslik tamoyili bo‘yicha zaruriy bilim
va ko‘nikmaga ega bo‘lish uchun qo‘yilgan aniq vazifalarni 
egallash muhimdir.
O‘quvchilarning 
mashg‘ulotlar
maqsadiga 
ongli
munosabatini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Ularning 

fanga, sinf jamoasiga yaxshi munosabatini yaxshi sport sinfi,


zvenosi, jamoasini uyushtirishlarini rag‘batlantirish mumkin.


4.3. O‘quvchilarning o‘z faoliyatini tahlil qilishi
Onglilik va faollik tamoyillarini amalga oshirishning 
ikkinchi yo‘nalishi har bir o‘quvchining o‘z harakatini tahlil
qilishi va ongli nazoratini rag‘batlantirishdir.
Hozirgi zamon bosqichidagi darslarda mashqlar texnikasini
o‘rganish vaqtida o‘z harakatlarining ongli nazoratini 
rag‘batlashtirishga ko‘maklashuvchi, eng oqilona uslubiy
usullarni ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi tahlili ko‘rsatmoqda. 
Ular quyidagilar:
1. Dastlabki namoyishsiz o‘rgatish (mashqlarni o‘rganish 
vaqtida boshlang‘ich sinflardayoq foydalanish kerak).



25
2. Yangi harakatlarni ularning ta’lim darajasi va ritmini 


o‘rganayotgan vaqtda harakatlar to‘g‘riligini sezishga
ko‘maklashuvchi zvukoliderlar va maxsus trenajerlarni 
qo‘llash.
3. Mashqlar to‘g‘risida nafaqat dastlabki tasavvurni 
tug‘dirishga imkon beruvchi, balki o‘quvchilarni o‘rganilayotgan
harakatlarning mohiyatiga kirib borishiga ko‘maklashishi, 
o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘zini baholash uchun imkoniyat
tug‘diruvchi ideomotorli mashq usullaridan foydalanish.
4. O‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha mashqlarni
mustaqil tanlash, bajarilgan mashqning sifatiga (o‘ziga-o‘zi) 
baho berish va o‘zaro baholash, mashqlar bajarish vaqtida
shug‘ullanuvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni jamoa bo‘lib aniqlash, 
ularning bajarilish texnikasini muhokama qilish. Bularning
hammasi o‘quvchilarning o‘z harakatini tahlil qilishga, nazorat 
qilishni boshlashiga ko‘maklashadi.
5. Olingan topshiriqlarning bajarilish sifati to‘g‘risida 
shoshilinch sur’atda obyektiv axborotlarni qo‘llash. Xususiy
harakatlar tahlili uchun material berish mashqlarni o‘zlashtirish 
darajasi to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi. Buning uchun
yo‘l ko‘rsatuvchi predmetdan, nishonga uloqtirish vaqtida 
yorug‘lik signalizatsiyasidan foydalanish mumkin.
6. O‘quvchilar o‘zlarining harakatlarini nazorat qilishlari 
va tushunib olishlari uchun maxsus harakat tayyorgarligi zarur.
7. Bolalar o‘zlarining fazoga oid kuch va tezlik 
ko‘rsatkichlarini boshqarishni o‘rganishi juda muhim.
O‘qituvchi nafaqat shug‘ullanuvchilarga aniqlash uchun 
maksimal imkoniyat berishi kerak, balki ularning yarim kuch
bilan (yugurish, irg‘itish) yoki muayyan miqdordagi qadamlar 
bilan, muayyan vaqtda masofani bosib o‘tish mashqlarini
bajarish topshiriqlarini berib borishi lozim.
8. Jismoniy mashqlar mohiyatiga kirish, ularning bajarilish
sifati ustidan nazorat o‘rnatish va kuchlanish bilan bajarish, o‘z 


26
harakatini tahlil qilishni musiqa jo‘rligida kuzatishga yordam 


beradi.
Musiqaning ruhiy fiziologik ta’siri organizm o‘sish davri 
vazifalarining muayyan darajasini o‘rnatishdan, tuyg‘u va
diqqatning harakatlantiruvchi faoliyatining o‘zgarishidan 
iborat.

Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling