Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Download 165.78 Kb.
bet4/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

1.3. Jismoniy tarbiya

Jismoniy tarbiya - bu pedagogik jarayon bo‘lib, insonni 

irodasi, axloqiy-funksional, morfologik va ma’naviy 

takomillashtirishga yo‘naltirilgan, uni mehnatda va Vatan 

himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko‘nikma, 

malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.
Jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos vazifalardan kelib chiqib, 
uning jismoniy ta’lim berish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash
kabi ikki tomonini qarab chiqish mumkin.
Jismoniy ta’lim o‘quvchilarga muayyan bilimlarni
egallashlari, jismoniy mashqlarni bajarishlari va ularni hayotda 
tatbiq etishni uddalashni bilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va 
tezkorlikda namoyon bo‘lish natijalarini oshirish, chidamlilik,
chaqqonlik, ko‘nikmani yaxshilash yagona jarayonning 


6
bu tomonlari o‘zaro mustahkam bog‘langan, masalan, 


agar o‘quvchilar yugurish mashqlarini, ular texnikasining
bajarilishini o‘zlashtirish maqsadi bilan ko‘p marta takrorlasalar, 
u holda bir vaqtning o‘zida kuch, tezkorlik, chidamlilik ham
tarbiyalanadi. Boshqa tomondan o‘sha yugurish mashqlari ko‘p 
marta bajarilishi, ammo katta tezlik bilan (tezlikni tarbiyalash
uchun) texnikaning takomillashishiga va mustahkamlanishiga, 
ya’ni ma’lumotlilik vazifalarini yechishga ko‘maklashadi.
1.4. Jismoniy madaniyat

Jismoniy madaniyat – bu umumiy madaniyatning bir 

qismi, xalq jismoniy barkamolligi maxsus vositalarini 

yaratish hamda foydalanish ishida jamiyat erishgan 

muvaffaqiyatlar yig‘indisidir.
Jismoniy madaniyatning ko‘pgina vazifalari mavjud:
– Me’yoriy faoliyatni oqilona me’yoriy mustahkamlash.
– Madaniy axborotni jamlash xususiyatini aks ettirish va 
uni avloddan avlodga tarqatish.
– Kommunikativ, shaxslararo munosabatlar o‘rnatish, aloqa 
qilishga ko‘maklashish.
Insonning biologik, sog‘lomlashtiruvchi ehtiyojini 
qondirish, uning jismoniy holatini yaxshilash va jamiyat
a’zosi majburiyatini bajarishi, kundalik hayot uchun zaruriy 
layoqatlilik darajasini ta’minlash bilan bog‘liqligi va b.
Vazifalar jismoniy madaniyat turlari turkumlari asosida 
yotadi, u bazali jismoniy tarbiya sifatida ifodalangan bo‘lishi
mumkin.


Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling